Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniy 5-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Unga ko‘ra, Samarqand aeroportida Qatar amirini O‘zbekiston prezidenti kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildi. Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘ldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 6-iyunga rejalashtirilgan. Bugun ikki mamlakat yetakchilari ko‘hna Samarqandning tarixiy obidalariga birgalikda tashrif buyuradi.
Izoh (0)