“Manchester Siti” Angliya Kubogi finalida “Manchester Yunayted”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Kubok sohibiga aylandi.
“Shaharliklar” bosh ustozi Pep Gvardiola APL va Angliya Kubogini bir yilda bir va undan undan ko‘p qo‘lga kiritgan 3-murabbiyga aylandi.
Ispaniyalik mutaxassis Angliyada ikkinchi bor oltin dubl qayd etmoqda — 2018/19-yilgi mavsumda ham “Siti” chempionat va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgandi.
Pepdan tashqari bir va undan ko‘p marta oltin dublga “Arsenal” sobiq murabbiyi Arsen Venger (1997/98, 2001/02) va “Manchester Yunayted” sobiq ustozi Aleks Fergyuson (1993/94, 1995/96 va 1998/99) erishgan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” 10-iyun kuni Chempionlar Ligasi finalida “Inter”ga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)