Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara to‘lovi to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash hamda o‘quvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilingani munosabati bilan budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati tugatiladi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga o‘tkazilib, Davlat budjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.
Izoh (0)