• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning 7 ta ustuvor yo‘nalishini aytib o‘tdi

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” sammitidagi nutqida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning 7 ta ustuvor yo‘nalishini aytib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, hamkorlikning birinchi ustuvor yo‘nalishi — bu savdo. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan savdo munosabatlarini tubdan kengaytirishdan, eng avvalo, barqaror savdo-logistika zanjirlarini va o‘zaro mahsulot yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini yaratishdan manfaatdor. “GSP+” tartibining taqdim etilishi mamlakat ishlab chiqaruvchilarini tashqi savdo faoliyatiga jalb qilish va shu bilan birga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirishda rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi.

    “Biz ushbu shartlarning amal qilish muddatlarini yangi davrga uzaytirishdan manfaatdormiz. Ushbu preferensiyalar tizimining mintaqadagi barcha mamlakatlarga tatbiq etilishi iqtisodiyotlarimizning industrial salohiyati va raqobatbardoshligi ortishiga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz.

    Bunga misol tariqasida eksportchilarimiz Yevropa bozoriga umumiy qiymati 4 milliard yevro bo‘lgan 500 nomdagi sanoat tovarlarini yetkazib berishga tayyor ekanini qayd etmoqchiman.

    Shu bilan birga, mintaqamizda Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq zamonaviy laboratoriyalar, standartlashtirish va sertifikatlash markazlari tarmog‘ini yaratish, Yevropa bozorlarida ishlashi uchun eksport qiluvchilarimizning bilim va salohiyatini rivojlantirish, Yevropa kompaniyalarining mintaqa mamlakatlari savdo imkoniyatlari haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish kabi alohida masalalar ham mavjud.

    Afsuski, bu masalalarning barchasi bo‘yicha hanuzgacha sezilarli natijalarga erishilgani yo‘q. Ularni hal etish uchun Mamlakatlarimiz eksport va import qiluvchi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturini birgalikda ishlab chiqishni taklif etamiz.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish jarayoni tez fursatda yakunlanishi ham ushbu vazifaning ijrosiga xizmat qiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Ikkinchidan — barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim omili sifatida o‘zaro bog‘langan transport yo‘laklarini shakllantirish. Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo va Yevropaning transport-kommunikatsiyaviy bog‘liqligini, eng avvalo, “O‘rta marshrut” deb nom olgan Transkaspiy tranzit yo‘lagini shakllantirish orqali rivojlantirish maqsadida mamlakatlarning saʼy-harakatlarini birlashtirish muhim.

    Uchinchi ustuvor yo‘nalish – investitsiyaviy va texnologik sheriklik.

    “Imkoniyatlarimiz va umumiy rejalarimiz xususida men batafsil to‘xtalib o‘tdim. O‘ylaymanki, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” iqtisodiy forumi doirasida har yili sanoat-texnologiya ko‘rgazmalarini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish vaqti keldi.

    Bugungi voqelikdan kelib chiqib, Yevropa investitsiya banki bilan birgalikda Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatlarini mamlakatlarimizga ko‘chirish jarayonida ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning maxsus vositalarini ishga tushirishdan manfaatdormiz.

    Bankning mintaqaviy ofisi O‘zbekistonda faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga tayyorligimizni tasdiqlaymiz”, deydi prezident o‘z nutqida.


    To‘rtinchidan — raqamli o‘zaro bog‘liqlik sohasida Yevroittifoq bilan yaqindan hamkorlik qilish. Jahon banki mutaxassislarining tadqiqotlariga ko‘ra, yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyatlarining yanada kengaytirilishi mintaqa mamlakatlari yalpi mahsuloti va eksporti hajmining mutanosib ravishda oshishiga olib keladi. Prezident bu boradagi “Yevropa jamoasi” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi hamda “Markaziy Osiyo uchun raqamli kun tartibi”ni birgalikda ishlab chiqishni taklif etdi.

    Beshinchidan — iqlim sohasidagi xatarlarga qarshi kurashish. Bu yerda, avvalambor, Yevropaning ilg‘or bilim va texnologiyalarini qo‘llagan holda maqsadli mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish hisobidan ekotizimlar barqarorligini oshirish haqida so‘z bormoqda. Bundan tashqari, bugun O‘zbekistonda “yashil” energetika faol rivojlanib bormoqda. 2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlarini 25 ming megavattgacha oshirish va uning ulushini hozirgi 14 foizdan 40 foizgacha yetkazish reja qilingan.

    “Bugun mening hamkasblarim ekologiya masalalariga batafsil to‘xtaldilar. Masalaning g‘oyat dolzarbligini hisobga olib, Yevropa Ittifoqini shu yil kuzda Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lidagi Samarqand tashabbusi doirasida o‘tkaziladigan birinchi Xalqaro iqlim forumining ham tashkilotchilaridan biri bo‘lishga chaqiramiz.

    Biz sheriklarimizning Markaziy Osiyo atrof-muhitni va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetini tashkil etish loyihasida faol ishtirok etishidan ham manfaatdormiz”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.


    Oltinchidan — turizmni rivojlantirish. Ushbu tarmoq pandemiyadan keyin tez qayta tiklanayotgani va barqaror yuqori o‘sish surʼatini ko‘rsatayotgani taʼkidlangan. Shunga qaramay, Markaziy Osiyoning ulkan turizm salohiyati bugungi kunda to‘liq ishga solinmayapti. Prezident Markaziy Osiyo uchun barqaror turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish dasturini birgalikda ishlab chiqish va uni joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley sammitida taqdim etishni taklif qildi.

    Yettinchidan — yoshlar taʼlimiga investitsiya kiritish. O‘zbekistonda Yevropaning yettita universiteti filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

    “Lekin bu yetarli emas. Yaqin istiqbolda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan sheriklikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma taʼlim dasturlarini, birinchi navbatda, texnika mutaxassisliklari bo‘yicha joriy qilish niyatidamiz.

    Taʼlim vazirlari va universitetlar rektorlarining shu formatdagi muntazam uchrashuvlarini qayta tiklash tarafdorimiz.

    “Yevropa ufqlari” dasturi doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ilmiy-tadqiqot va taʼlim loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etamiz”, — deydi prezident o‘z nutqida.

    02.06.2023, 17:59   Izoh (0)   4278
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Misr kompaniyasi Jizzaxga 300 mln dollar investitsiya kiritadi

    02.06.2023, 17:45

    O‘zbekistonda may oyida  20,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    02.06.2023, 17:36

    15 mlrd so‘m o‘zlashtirishda ayblanayotgan Termiz shahar sobiq hokimi va sheriklarining sudi boshlandi

    02.06.2023, 17:30

    Toshkentdagi somsa va osh markazida eshak go‘shti saqlanayotgani rad etildi

    02.06.2023, 17:17

    Tohir Sodiqovning konsertidan so‘ng fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi

    02.06.2023, 17:09

    O‘zbekistonda ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida reyting tizimi ishga tushiriladi

    02.06.2023, 16:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.