Kreml Ukrainaning NATOga qo‘shilish ehtimoliga tahdid bilan munosabat bildirdi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, agar NATO Ukraina hisobiga kengaytirilsa, Rossiya manfaatlariga xavf tug‘ilishini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Rossiya Federatsiyasi o‘z xavfsizligini ta’minlaydi, bu Ukrainaning NATOga a’zoligini istisno qiladi”, — dedi Peskov.
Kiyevning Ukrainani NATOga qabul qilishga chaqiriqlarini Putinning matbuot kotibi “muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor emaslik va buni istamaslik” deya baholadi.
Izoh (0)