AQSH va NATO ittifoqchilari Vilnyusdagi sammitgacha Ukrainaga siyosiy va moddiy yordamning “salmoqli paketi” ajratilishini e’lon qilish niyatida. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma'lum qildi.
“Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi (NATO) yetakchilar sammitiga qadar biz va do‘stlarimiz juda salmoqli siyosiy va moddiy yordam paketini ajratilishini kutmoqdamiz”, — dedi Blinken Oslodagi matbuot anjumanida.
NATOning navbatdagi sammiti 11-12-iyul kunlari Vilnyusda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)