Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmaganini ma’lum qildi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy.
“Shu o‘rinda abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning “edu.uz” rasmiy saytida ko‘rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o‘quv yurtlarini tanlashlari so‘raladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)