• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: qulupnayga kon Qayqi (foto va video)

    Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi Qayqi qishlog‘i qulupnaylari bilan dong taratgan. Qishloqning bundan bo‘lak ajoyib jihatlari ham bisyor. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qiladi.

    Shevasi shirin qishloq

    Qayqi nafaqat Uchqo‘rg‘on tumani, balki Namangan viloyatidagi eng katta qishloqlardan biri. Bu yerdagi 11 ta mahallada 30 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qishloq tarixi kamida ming yillik o‘tmishga borib taqalishi, uning Uchqo‘rg‘ondan ham qadimiy ekanligi aytiladi.

    Tarix fani o‘qituvchisi Lolaxon Jalilovaning aytishicha, qishloq nomi kelib chiqishining turli taxminlari mavjud. Biriga ko‘ra, oldinlari bu yerga Norin daryosidan qayiq yordamida o‘tishgan, shu bois “qayiqda boriladigan joy” deb nomlangan. Yana bir manbaga ko‘ra esa, daryoning ushbu hududga kelganida qayrilgan joyi bo‘lgan va bu qishloq uchun atama bo‘lib qolgan.

    Lolaxon Jalilova. 
    Foto: “Daryo”

    Geografiya fani o‘qituvchisi Nurmuhammad Nishonovning taʼkidlashicha, qishloq zamini nihoyatda unumdor, bo‘z tuproqlardan iborat. Shu uchun dala, bog‘-rog‘lar ko‘p, hosildorlik yuqori, dehqonlari mirishkor.

    “Qayqining shevasi ham o‘ziga xos, O‘zbekistonning hech yerida uchramaydi. Kelavetti, ketavetti, boravetti deb ajoyib shirin kalom bilan gapirishadi. Farg‘ona va qo‘shni Qirg‘izistonda ham Qayqi degan qishloqlar bor deb eshitganmiz, lekin ularda bunday sheva yo‘q”, — deydi Nurmuhammad Nishonov.

    Nurmuhammad Nishonov.
    Foto: “Daryo”

    Yuzni tiniqlashtiruvchi taom

    Qayqiliklar no‘xatsho‘rakni sevib tanovul qilishadi va bu taom qishloqning o‘ziga xos brendiga aylanib ulgurgan. Uni tayyorlash jarayoni juda oddiy, ortiqcha vaqt va mablag‘ talab etmaydi. Dastlab no‘xat suvda yaxshilab qaynatib, pishirib olinadi. So‘ng no‘xat ustiga po‘stdumba va tuxum solinadi. Bunga qazi-qarta yoki qiyma kabob qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan taom bodring-pomidor, piyoz  va bulg‘or qalampiri bilan bezatiladi. Qarabsizki, hech qancha muddat o‘tmay kaloriyali va to‘yimli taom dasturxonga tortiladi.

    Oshpaz Abdulhay Egamberdiyevning aytishicha, no‘xatsho‘rakni foydali taraflari ko‘p, xususan, yuzni tiniqlashtiradi. Bu taomni totib ko‘rish uchun boshqa tumanlar, hatto qo‘shni Andijondan ham shinavandalar kelishayotgan ekan.

    Abdulhay Egamberdiyev.
    Foto: “Daryo”

    “Qulupnayning o‘zi shirin, mehnati og‘ir”

    Qayqini dovrug‘ini doston qilgan, shubhasiz, qulupnay bo‘ladi. Aytishlaricha, qishloq aholisining 90 foizi qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

    “Qishlog‘imiz tuprog‘i va ob-havosi qulupnay yetishtirish uchun juda mos keladi. Shu sabab mevalarimizning taʼmi o‘zgacha, totli. Qayqi qulupnayini qidirib vodiy, voha, Toshkent, Xorazm va Qoraqalpog‘istondan ham xaridorlar keladi. Qo‘shni davlatlar— Qozog‘iston, Qirg‘izistonga olib chiqib ketishadi. Oldinlari faqat zingazingana, charli, izabella kabi uch-to‘rt navni ekardik xolos. Hozir osiyo, kler, murano, gabriela, sensatsiya kabi yangi navlar kirib keldi. Lekin hammasining mehnati bir xil deyarli — avgustda ekasiz, o‘g‘it, dori berasiz, bahorda plyonka tortasiz, keyin hosil yig‘ishtirishga kirishasiz”, — deydi fermer Fathiddin Asqarov.

    Fathiddin Asqarov.
    Foto: “Daryo”

    Fermer xo‘jaligi ishchisi Madina Dadamirzayevaning aytishicha, qulupnayning o‘zi shirin, ammo mehnati og‘ir.

    Madina Dadamirzayeva.
    Foto: “Daryo”

    “Ishni bahordan boshlaymiz — chopig‘i, terishi bor. Terganda ham avaylab harakat qilishingiz kerak, yo‘qsa, ezilib qoladi. Soatbay ishlaymiz, soatiga 10 ming so‘mdan berishadi. Bir kunda o‘rtacha 100-110 ming so‘m topish mumkin. Asosan ayollar, erkaklar deyarli yo‘q. Ishimizni yaxshi ko‘ramiz, ertalab to ishimiz boshlanguncha qulupnaylarni sog‘inishga ulguramiz”, — deydi Madina.

    Qulupnayning ulgurji bozori

    Qayqida ulgurji qulupnay bozori ham bor. Bu yerda sotuvchilarning qo‘li-qo‘liga tegmaydi, xaridorlar esa hatto poytaxtdan ham keladi. Ulardan bir qismi qulupnaylarni uyda tanovul qilish, mehmondorchilik yoki murabbo tayyorlash uchun, yana boshqasi esa keyinchalik bozorga olib chiqish uchun xarid qiladi.

    Mahalliy xo‘jalik do‘konlarida ham eng xaridorgir mahsulot qulupnay solinadigan plastmassa idishlar hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mavsumda ertadan kechgacha tinmaydigan bozorda bir kunda o‘rtacha 5 tonna qulupnay sotiladi.

    Qayqining ko‘rkam binolari 

    Qayqida nafaqat qishloq yoki tuman, balki Namangan viloyatidagi eng ko‘rkam ibodatgohlardan biri bo‘lgan “Sattiboy xalfa” jome masjidi joylashgan. Masjid o‘tgan yili Navro‘z bayrami arafasida qurib, foydalanishga topshirildi.

    “Shu nomdagi masjid asli qariyb 100 yillik tarixga ega. Biroq eskirib qolganligi, ichkarida ekanligi va bor-yo‘g‘i 400 nafar namozxonni sig‘dira olishi noqulayliklar tug‘dirayotgan edi. Qishloq ahli saʼy-harakati va mutasaddilar roziligi bilan yo‘l bo‘yida yangi masjid qurilishiga kirishildi. Hashar yo‘li bilan ikki yil ichida barpo etildi. Kimdir mablag‘i, kimdir xomashyo va materiallari, yana kimdir mehnati bilan hissa qo‘shdi. Natijada 4 ming kishini sig‘dira oladigan va barcha qulayliklarga ega masjid bunyod bo‘ldi. Ko‘rkam bino sifatida ham qishloq husniga husn qo‘shdi, namozxonlar safi kengaydi”, — deydi “Sattiboy xalfa” jome masjidi imom-xatibi Abdulhay O‘rinov.

    Qishloqdagi yana bir ko‘rkam bino eshitish va gapirishida nuqsoni bor o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan 46-sonli maxsus maktab-internat hisoblanadi. 1956 yilda qurilgan ushbu muassasa yaqinda mukammal qayta taʼmirlanib, 300 o‘rinli o‘quv binosi, zamonaviy sportzal, yangi stadion, 250 o‘rinli oshxona va yotoqxonaga ega bo‘ldi. 

    “Zamin” fondi ko‘magida maktabning barcha o‘quvchilari tashxisdan o‘tkazilib, eshitishni protezlash amaliyoti bajarildi. Shuningdek, maktab zamonaviy assistiv uskunalar bilan taʼminlandi, informatika sinfi jihozlandi, robototexnika to‘plamlari yetkazildi. Fond Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva bilan samimiy muloqot esa o‘quvchilar uchun unutilmas taassurot bo‘lib qoldi.

    31.05.2023, 20:20   Izoh (0)   15211
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Echkilarni mashinaga qiyoslasak, oddiylari Tico, meniki — Malibu echki”. Buxorolik chorvador 20 ming dollarlik jonivorlari haqida

    31.05.2023, 20:05

    O‘zbekistonda noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari sotilayotgani haqida xabar bergan fuqarolar rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi

    31.05.2023, 19:30

    Toshkent metrosida ikki yigit notanish qizga shilqimlik qilib, holatni videoga oldi

    31.05.2023, 19:20

    Abituriyentning yugurgani NIUgacha, og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham NIU talabasi gapirsin: Navoiydagi ushbu reklamalar masʼullar g‘ashiga tegdi 

    31.05.2023, 19:02

    “Milliy tiklanish” partiyasi Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatladi

    31.05.2023, 18:41

    Farg‘onada 23 yoshli bank xodimi qariyb 50 kishining nafaqa pulini o‘zlashtirgani aniqlandi

    31.05.2023, 18:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.