Germaniya federal hukumati "barcha sohalarda Rossiyadagi ishtirokini sezilarli darajada qisqartirib", Rossiyadagi nemis diplomatlari sonining qisqarishiga javoban mamlakatdagi Rossiya bosh konsulliklarining aksariyatini yopmoqda.
Germaniya hukumati Rossiyadagi beshta bosh konsulxonasidan to‘rttasi 2023-yil oxirigacha yopilishini ma’lum qildi.
Faqat Rossiyaning Berlindagi elchixonasi va bitta bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Bu qaror Moskvaning Rossiyada bo‘lishiga ruxsat berilgan nemis diplomatlarining sonini cheklash bo‘yicha harakatlariga javoban qabul qilindi.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kristofer Burger "Rossiya hukumati keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan qadam tashlaganini" ta’kidladi va bu "asossiz qaror federal hukumatni barcha sohalarda Rossiyadagi ishtirokini sezilarli darajada kamaytirishga majburlayotganini" ta’kidladi.
Izoh (0)