• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratilishini aytdi

    Tashkent City’dagi Congress Hall majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi syezdi boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga eʼtibor qaratishini taʼkidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    1-maqsad: Ta'lim yo‘nalishi

    Dunyodagi Top-500 ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi. Bundan tashqari, bio-texnologiya, sunʼiy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar isteʼdodli yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi.

    Buning uchun, 200 million dollar yo‘naltiriladi. Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi.

    “Biz hurmatli professor va akademiklar, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan magistr va aspirantlar, oliygohlar o‘qituvchi va domlalari, bir so‘z bilan aytganda, zahmatkash ilmiy va ijodkor ziyolilarimiz vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini yuksak qadrlaymiz. Fursatdan foydalanib, ularning barchasiga minnatdorchilik bildirib, samimiy hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Shuningdek, davlat rahbari bundan olti-yetti yil oldin, afsuski, o‘n minglab bemorlar gemodializ, onko-gematologiya yordamidan foydalanish uchun kunlab, oylab navbat kutganlari, qanchasi bu xizmatlarga yetib bora olmaganini eslab o‘tdi.

    “Biz tibbiyot sohasida katta islohotlarni boshladik. Buning natijasida vaziyat tubdan o‘zgardi. Endi bunday bemorlar uchun zamonaviy shifoxonalar ham, malakali mutaxassislar va davolash uchun mablag‘imiz ham yetarli. Lekin aholimizni tibbiyot tizimidan rozi qilish uchun, hali juda ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz kerak”, — deydi prezident.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligini hozirgi 73 yoshdan kelgusida 78 yoshga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

    Buning uchun, 2030-yilga qadar:

    • onalar va bolalar o‘limi, bolalar o‘rtasida irsiy kasalliklar kamida 2 barobarga qisqartiriladi;
    • onkologiya, yurak-qon tomir, diabet, nafas yo‘llari va yuqumli kasalliklar bo‘yicha erta o‘limni esa 2,5 barobar kamaytirish asosiy vazifa bo‘ladi.

    Bunda:

    • 120 ming nafar onkologiya, 350 ming nafar diabet, 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olinadi;
    • Gepatit C kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yiladi;
    • tuberkulyoz bilan kasallanish darajasini yuz ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirishga erishamiz (2016-yilda 43 nafar bo‘lgan).

    Shu bilan birga, kelgusi yildan birlamchi bo‘g‘in orqali eng ko‘p uchraydigan 10 ta kasallikni davolash va 6 ta tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi. Bu orqali, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlari birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shuningdek, onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida, O‘zbekistonda ilk bor o‘zak hujayralari transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Bu boradagi xarajatlar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun to‘liq davlat hisobidan qoplanadi.

    Tug‘ish yoshidagi va homilador ayollar, bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish kelgusi yillarda ham davom ettiriladi.

    Yana bir muhim yangilik — sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi va tibbiy sug‘urta tizimi joriy qilinadi. Umuman, 2030-yilga qadar tibbiyotga budjetdan ajratiladigan yillik mablag‘ hajmini 2 karra oshirib, 6 milliard dollarga yetkaziladi.

    2-maqsad: Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash

    2030 yilga borib:

    - iqtisodiyot 2 barobarga oshirilib, 160 milliard dollarga yetkaziladi;

    - aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi hozirgi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshiriladi. Buning natijasida, O‘zbekiston «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kiradi. Eng avvalo, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoat rivojlantiriladi. Bunda, mehnat unumdorligi 2 barobar oshadi (hozir bir ishchiga 12,5 ming dollar mahsulot to‘g‘ri keladi).

    Ikkinchi maqsad doirasida, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan birga, umumiy qiymati 115 milliard dollar bo‘lgan yirik loyihalar boshlandi. Jumladan, keyingi yillarda strategik mega-loyihalar ishga tushiriladi. Xususan:

    ✔️ Olmaliqda 3 ta mis boyitish fabrikasi va yangi mis eritish zavodi;

    ✔️ Ohangaron misni qayta ishlash klasteri;

    ✔️ Navoiy, Qo‘ng‘irot va Qorako‘lda yirik kimyo-polimer klasterlari;

    ✔️ Toshkent va Navoiy viloyatlarida fosforit xom ashyosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonasi;

    ✔️ Tebinbuloq va G‘allaorolda temir ishlab chiqarish majmualari ish boshlaydi.

    Natijada, 2030 yilgacha yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo‘lgan mis ishlab chiqarish — 3,5 barobar (500 ming tonnaga), oltin — 1,5 karra (155 tonna), kumush — 3 marta (500 tonna), uran — 3 barobar (10 ming tonna) oshiriladi. Mamlakatimiz tarixida ilk bor alyuminiy, litiy, po‘lat, grafit ishlab chiqarish boshlanadi.

    3-maqsad: Suv resurslarini tejash va atrof muhitni  muhofaza qilish 

    2030-yilga qadar ekin maydonlarini to‘liq suv tejaydigan texnologiyalarga o‘tkazish uchun dalalarga suv yetkazadigan obektlar fermer va klasterlar boshqaruviga beriladi.

    Suv yetkazish tizimiga Turkiya, Ispaniya, Xitoy kabi davlatlar tajribasi keng joriy qilinadi.

    Suv tejaydigan texnologiyani joriy qilgan fermer va dehqonlarni yanada rag‘batlantiriladi.

    4-maqsad: Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish

    Raqamlashtirish orqali byurokratiyani bartaraf etish prinsipi hayotga jadal olib kiriladi. Shu maqsadda davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.

    Endi, davlat xizmatlari uchun odamlar ovora bo‘lib, ariza yoki blanka to‘ldirmaydi, pasport yoki boshqa hujjat taqdim qilmaydi. Davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron tizimdan o‘zi oladi.

    Har bir mahallada elektron xizmat nuqtalari ishga tushirilib, ular barcha masalalarni «bir qadam»da hal etadigan maskanga aylantiriladi.

    5-maqsad: Qurolli Kuchlarimizning harbiy salohiyatini yanada oshirish 

    “Yangi O‘zbekiston xavfsiz va tinchliksevar davlat”. Ushbu yo‘nalishda Markaziy Osiyoda turli yo‘nalishlar, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi amaliy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimiz taraqqiyotida faol ishtirok etishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha tizimli choralarni ko‘rish taklif etilmoqda.

    Dasturda Qurolli Kuchlarimizning qudrati, mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Milliy armiyani 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilmoqda.

    Syezd qaroriga ko‘ra O‘zLiDeP qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya nomzodini ro‘yxatga olishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga murojaat etadi.

    30.05.2023, 12:48   Izoh (0)   9443
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi syezdi boshlandi

    30.05.2023, 12:07

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatish atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

    30.05.2023, 11:09

    Moskvada o‘zbekistonlik muhojir politsiya hujjatlarini tekshirgani sabab vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

    30.05.2023, 10:45

    “O‘zgidromet” 31-may uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    30.05.2023, 10:35

    Xorazmda ayol eriga 26 marotaba pichoq urib, uni o‘ldirdi

    30.05.2023, 10:16

    O‘zbekistonda profilaktik hisobda turgan shaxslar doirasi qisqartirilishi mumkin

    30.05.2023, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketish evaziga G‘azodagi jangchilarini chiqarishga tayyor — Al Arabiya

    Dunyo | 14 avgust, 18:30

    Sudanda vabo epidemiyasi: bir haftada 40 kishi vafot etdi

    Dunyo | 14 avgust, 18:10

    Abbosbek Fayzullayevning “Bashakshehir”dagi debyuti nega kechikayotgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 14 avgust, 18:05

    Pokiston Hindiston tahdidiga javoban raketa qo‘shinlari tuzadi

    Dunyo | 14 avgust, 18:00

    “Uch qahramon” bozoridagi yong‘inda 74 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan. Vayron bo‘lgan hududda metro quriladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 17:45

    Yaponiyada yangi tug‘ilgan chaqaloq hidiga o‘xshash atir yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 17:30

    Xalqaro sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan — vazirlik

    O‘zbekiston | 14 avgust, 17:17

    Peru sobiq prezidenti hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 17:15

    “Uenzdey” seriali mualliflari Addamslar oilasi haqida multfilm ishlab chiqaradi

    Kino | 14 avgust, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.