Polsha 1-iyundan boshlab Belarus va Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinalarini Belarus hududidan olib kirishga taqiq joriy qiladi, deb xabar qildi Polsha Ichki ishlar vazirligi.
“Polsha 1-iyundan boshlab Rossiya va Belarusda ro‘yxatdan o‘tgan, Belarus bilan chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalar uchun harakatlanish taqiqlanadi”, deb Bloomberg Ichki ishlar vazirligi bayonotidan iqtibos keltirmoqda.
Agentlikning eslatishicha, dushanba kuni Varshava 365 nafar belaruslik shaxsga qarshi sanksiyalar joriy etgan.
Avvalroq Rossiya Davlat dumasi Polsha avtomobil tashuvchilarining Rossiya hududidan o‘tishini taqiqlashni taklif qilgan edi.
Bundan tashqari, deputatlar Rossiya Federatsiyasi hukumatiga Polsha tashuvchilarining avtomobillarini Rossiya narxlarida yoqilg'i bilan to'ldirish imkoniyatini cheklashni, ular uchun yoqilg'i narxini Yevropa Ittifoqi narxlari darajasida belgilashni taklif qilmoqdalar.
Izoh (0)