• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Niqob” filmi aktyorlari 29 yilda qanchalik o‘zgardi va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Amerikalik kino ijodkorlar tomonidan suratga olingan komediya janridagi “Niqob” filmi 1994-yilda katta ekranlarga chiqqan. Aktyorlarning xarizmasi, ta’sirchan syujeti va aniq maqsadli kulgili sahnalari Chak Rassel rejissorligidagi komediyani kult filmga aylantirdi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Shu bilan birga, “Niqob” filmi bosh rollar ijrochilariga katta mashhurlik keltirdi. Filmda debyut qilgan aktrisa Kemeron Dias go‘zal aktrisa maqomini oldi, biroq aktyor Jim Kerri eng shoshqaloq komediyachilardan biriga aylandi. “Niqob”  kinokartinasi teleekranlarda namoyish etilganiga 29 yil bo‘ldi. Biroq, loyiha hali ham tomoshabinlarning eng sevimli kinofilmlari qatorida turadi.  

    Jim Kerri — Stenli Ipkis rolida

    Kanadalik aktyor Jim Kerri uyatchan bank xodimi Stenli Ipkis rolini ekranlarda gavdalantirdi. Film chiqqanida aktyor 32 yoshda edi. “Niqob” filmi Kerriga aql bovar qilmas mashhurlik keltirdi va Stenli Ipkis roli hali ham uning eng muvaffaqiyatli obrazlaridan biri bo‘lib qoldi. Aktyor bu loyihadan oldin  “Eys Ventura: Uy hayvonlari detektivi” filmida suratga tushgan bo‘lsa-da, tanqidchilar filmga yaxshi baho bermadi, biroq  tomoshabinlarga kartina ma’qul keldi. Biroq “Niqob” filmi Kerrini kino tanqidchilari nazarida qayta tikladi.

    Foto: “TCN”

    1994-yildan keyin Gollivud yulduzi mashhurlik zinapoyasiga muvaffaqiyatli ko‘tarila boshladi. Shundan keyin va shu kungacha har yili Jim Kerri rol o‘ynagan filmlar katta ekranlarga chiqariladi. Aktyor “Abadiy Betmen”, “Trumen shousi”, “Oydagi odam”, “Grinch Rojdestvoni qanday o‘g‘irladi?”, “Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi”, “Sonik” va boshqa filmlarda suratga tushdi.

    Foto: “TCN”

    Jim Kerrining shaxsiy hayotida muammolar bor edi. Aktyor ikki marta turmush qurdi va ko‘plab mashhur ayollar bilan munosabatda bo‘ldi. Kerrining birinchi turmush rafiqasidan 1987-yilda tug‘ilgan Jeyn Erin ismli qizi bor. Aktyor 2010-yilda ilk marta bobo bo‘lgan.

    Foto: “TCN”

    Jim Kerri 2012-yilda Katrina Uayt bilan uchrasha boshladi, biroq juftlik uzoq muddatli munosabat qura olmadi, shuning uchun ular bir necha oydan keyin ajrashdi.

    Foto: “TCN”

    Ular ikkinchi marta 2015-yilning may oyida uchrasha boshladi va sentabr oyida yana ajrashdi. Shundan so‘ng Katrina o‘z joniga qasd qildi va bu to‘g‘risida xat qoldirdi. Kerri uchun bu og‘riqli zarba bo‘ldi, aktyor Katrinaning o‘limini qattiq qabul qildi. Aktyor 2019-yilda  ommaga yangi sevgilisi, aktrisa Jinjener Gonzagani tanishtirdi.  Jim Kerri hozirda 61 yoshda.

    Foto: “TCN”

    Kemeron Dias — Tina Karlayl

    Amerikalik yosh aktrisa Kemeron Dias Stenli Ipkisning sevgilisi Tina Karlayl rolini ijro etgan. Kartina chiqqanda Kemeron atigi 21 yoshda edi, bu uning aktyorlik karyerasidagi debyuti bo‘lgan.

    Foto: “TCN”

    “Niqob” Diasga mashhurlik keltirgan bo‘lsa-da, keyingi uch yil davomida u kam byudjetli filmlarda rol ijro etdi. Keyinchalik mashhur “Eng yaxshi do‘stimning to‘yi”, “Las-Vegasdagi qo‘rquv va nafrat”, “Almashib qolgan ta’til”, “Juda yomon o‘qituvchi” va boshqa muhim filmlarda rol o‘ynay boshladi.

    Foto: “TCN”

    Biroq, 2014-yildan keyin Kemeron filmlarda rol ijro etmadi. Aktrisa o‘zini oilasiga bag‘ishladi. U 2015-yilda musiqachi Benji Madden bilan turmush qurdi va 2019-yilda juftlikning uzoq kutilgan qizi Reddiks dunyoga keldi.

    Foto: “TCN”

    Kemeron Jared Leto va Jastin Timberleyk bilan munosabatda bo‘lgan. Aktrisa hozirda 50 yoshda.

    Foto: “TCN”

    Piter Rigert  — Mitch Kellovey

    Amerikalik aktyor Piter Rigert 47 yoshida leytenant Mitch Kellovey rolini ijro etgan. U “Niqob” filmida suratga tushmasidan oldin  kino olamda muvaffaqiyat qozongan. Aktyor “Mahalliy qahramon”, “Menajeriya”, “Oskar” va boshqa filmlarda suratga tushgan.

    Foto: “TCN”

    “Niqob” filmi chiqqandan keyin Rigert filmlarda suratga tushishni kamaytirdi. Hozirgi kunda aktyor 76 yoshda, uning shaxsiy hayoti haqida deyarli hech narsa ma’lum emas.

    Foto: “TCN”

    Piter Grin — Dorian “Loki” Tayrell

    Amerikalik aktyor filmda mafiya zobiti Dorian “Loki” Tayrell rolini ijro etgan. Loyiha katta ekranlarga chiqarilganda, aktyorning yoshi 28 da edi.

    Foto: “TCN”

    Piter “Niqob” filmidan tashqari Piter “Jinoiy asar” va “Olmos politsiyasi” kabi filmlarda ham muvaffaqiyatli rollarni ijro etgan. Aktyorning o‘ziga xos ko‘rinishi tufayli unga jinoyatchi rollari berildi.

    Foto: “TCN”

    1998-yilda aktyor giyohvand moddalarni, shu jumladan geroin iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik, u reabilitatsiya kursiga bordi. 2003-yildan buyon Piter Grin Gollivudda yashaydi. Aktyor shundan keyin filmlarda suratga tushishni kamaytirdi. Hozirda aktyor 57 yoshda.

    Emi Yasbek — Peggi Brandt

    “Niqob” filmidagi amerikalik aktrisa jurnalist Pegi Brandt rolini o‘ynagan, suratga olish paytida u 31 yoshda edi.

    Foto: “TCN”

    “Niqob” filmidan keyin Emi “Niqob” kabi muvaffaqiyatli filmlarda rol ijro etmadi. Odatda aktrisa kam daromad keltiradigan filmlarda kichik rollarni ijro etgan.

    Foto: “TCN”

    Emining 1998-yilda tug‘ilgan Stella ismli qizi bor. Aktrisa fojiali tarzda vafot etgan. U aktyor Jon Ritter bilan turmush qurgan edi. Emining turmush o‘rtog‘i suratga olish maydonchasida kasal bo‘lib qolgan, u yurak og‘rig‘idan shikoyat qilgan, hushini yo‘qotgan va komaga tushib, vafot etgan. Yasbek sevgilisining o‘limini alam bilan boshdan kechirdi va hatto uzoq vaqt filmlarda rol o‘ynay olmadi. Amerikalik aktrisa hozirda 60 yoshda.

    Foto: “TCN”

    Richard Janni — Charli Shumayker

    Amerikalik aktyor va komediyachi ekranlarda Stenlining do‘sti Charli Shumayker rolini ijro etgan. “Niqob” filmi chiqqanda aktyor 37 yoshda bo‘lgan.

    Foto: “TCN”

    Richard aktyor sifatida emas, komediyachi sifatida mashhur bo‘ldi. “Niqob” filmidagi rol aktyorning debyuti va bu obraz juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Oradan vaqt o‘tib aktyor yana bir nechta filmlarda, jumladan, “Yon, Gollivud, yon” va “Hamma Krisni yomon ko‘radi” filmlarida suratga tushdi.

    Foto: “TCN”

    2007-yilning 10-mart sanasida Richard 49 yoshida fojiali tarzda vafot etdi. Aktyor to‘pponcha bilan boshiga o‘q uzib o‘z joniga qasd qildi. Keyinchalik, Richardning shizofreniyaga chalingani va antidepressantlarni qabul qilgani ma’lum bo‘ldi.

    29.05.2023, 20:45   Izoh (0)   16577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    1,5 mln dollarlik tank va 95 ming dollarlik guldasta: mashhurlarning eng g‘alati va aqlbovar qilmaydigan qimmatbaho xaridlari (foto)

    29.05.2023, 19:01

    “Betmen qaytmoqda”, “Forsaj-6” va boshqa mashhur filmlardagi ko‘pchilik sezmagan xatoliklar (foto)

    29.05.2023, 17:05

    “Qiz bolacha gapirganimda to‘ydagi ayollar kalima qaytara boshlagan”. Sherzod Mamadaliyev o‘zidagi iste’dodni qanday payqagani hamda sirk artistlarining qoniqarsiz...

    29.05.2023, 14:47

    Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik saroyidagi hayoti haqida hikoya qiluvchi filmni taqdim etadi

    29.05.2023, 12:30

    San’atni tark etib, oddiy ish bilan shug‘ullanayotgan jahonga mashhur shaxslar (foto)

    29.05.2023, 11:40

    “Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo‘rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)

    28.05.2023, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.