• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo‘rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)

    “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida xalqaro toifadagi sirk artisti va bugungi kunda vaynlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yaxshi tanish bo‘lgan Sherzod Mamadaliyev bilan intervyu uyushtirildi. U tasodifan sirk artisti bo‘lgani, ot minishni bilmay Xitoy sirkiga chavandoz sifatida ishga ketgani va og‘ir dardni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi.


     

    — Oilamiz san’atga yaqin, ammo hech kim sirk sohasida faoliyat yuritmagan. Maktabni bitirib, aktyor bo‘lish umidida dadam bilan estrada va sirk kollejiga hujjat topshirgani borganmiz. O‘shanda mahoratli chavandoz Karima Zaripova “O‘g‘lingizning jussasi kichkina ekan. Agar aktyorlik bo‘yicha o‘qisa, uni rollarga olmasligi mumkin. Chaqqon bola ekan, o‘zini akrobatlikda sinab ko‘rsin”, deb maslahat bergan. “Nima, men sirkda masxaraboz bo‘lamanmi?” deb e’tiroz bildirganman. Ammo kollejdagi kichik sirk zalida shug‘ullanayotgan bo‘lajak artistlarga qarab, havasim kelgan. Hozir o‘ylab qarasam, avvaldan menda sirk san’atiga qiziqish yuqori bo‘lgan. Chunki bolaligimdan yog‘och oyoqda yurishni yaxshi ko‘rardim. Ammo kollej hayotiga moslashishim oson kechmagan. Balandlikdan qo‘rqmasdim, ammo ingichka arqonga osilib, havoda murakkab tryuklar bajarish oson emas. Ikkinchi kursdan boshlab, sirkda ishlashni boshlaganman. Chunki sirk san’atida ko‘p narsa amaliyotda o‘rgatiladi. Nazariy bilim olgan bilan uni amalga qo‘llay olmasa, qiyin, — deydi Sherzod Mamadaliyev. 

    Sherzod Mamadaliyev chavandozlikni bilmay turib, Xitoy sirkiga ishlagani ketgani va u yerdagi hayoti haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Tanishlarimdan biri Xitoy sirkiga chavandoz kerakligi va oyiga 1000 dollardan maosh to‘lashlari haqida aytib qoldi. “Men boraman”, dedim-u, ammo o‘sha kunga qadar otning egarini ham ushlamaganim haqida o‘ylamadim. Toshkentdan to‘rtta bola ishlagani bordik. Ikkita chavandoz yigit otda harakatlanishi, men esa ularni bog‘lovchi “ko‘prik” bo‘lishim kerak edi. Bu nihoyatda xavfli tomosha hisoblanadi. Samolyotda ketayotganda yigitlarga “Men ot minishni bilmayman, o‘rgatarsizlar”, desam ular bir-biriga qarab “Biz ham bilmaymiz”, deb kulishgan. Hayotda tavakkalchi insonman, buning ustiga o‘sha paytda uylanishim uchun pul to‘plashim kerak edi. Xitoyga bordik va hech birimiz otga yaqinlasholmaganimizni ko‘rib xitoyliklarning jahli chiqdi. “Bir oyda o‘rganamiz”, degan va’da bilan ishga kirdik. Bir necha marta yiqildik, ot sudrab ketgan paytlar ham bo‘ldi. Ammo so‘zimizning ustidan chiqib, zo‘r tomoshalar qo‘ydik, — deydi Sherzod Mamadaliyev.

    Ijodkor Xitoyda ishlab yurgan kezlari boshiga og‘ir musibat tushgani, shifokorlar o‘ladi deb tashxis qo‘yishgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Xitoyda ishlab yurgan paytimda birdan tobim qochdi. Ishtaham bo‘lmay, holsizlana boshladim. Hushimdan ketib yiqilganimdan so‘ng kasalxonaga olib borishgan. Orqa miyamdagi og‘riq sabab umuman ovozlar yoqmasdi. Dodlab jazavaga tushib qolardim. Kasallikning aniq sababini qo‘yisholmagan. Kimdir hasharot chaqqan dedi, boshqa shifokor esa miningit tashxisini qo‘ygan. Kasal bo‘lmasimdan avval taqiqlangan yerda baliq tutgandim. O‘shanda qarmog‘imga baliq emas, ilon tushgan va uni chiqarayotganimda barmog‘imni tishlab olgandi. Ammo bunga e’tibor berib, muolaja ham qilmagandim. O‘shanda qonga virus tushgan bo‘lishi ham mumkin.

    Kasalligim juda og‘ir kechgan. Og‘zim va qo‘llarim qiyshayib, o‘zimni idora qilolmaydigan ahvolga tushganman. Umuman ko‘zimga uyqu ilinmasdi, faqat kalima qaytarib o‘tirardim. O‘sha paytda ota-onam haqida juda ko‘p o‘yladim. Soppa-sog‘ musofirchilikka ketib, uyimga o‘ligim boradimi deb ko‘p o‘ylardim. Urumchidan bir nechta mullalarni olib kelib, o‘qitishgan. Ular “Taqdir, peshanasida yozilgani bo‘ladi”, derdi. Xonadosh yigitlarga vasiyat qilib, ota-onamga gaplarimni yetkazib qo‘yishlarini so‘rardim. Muolajalardan samara bo‘lmagach, xitoylik shifokorlar “Yaqinda ishlagani kelgan ekan, buning puli ham yo‘q. Yaxshisi, bitta ukol qilib, uyiga jo‘natib yuboramiz. Samolyotdan tushishi bilan o‘ladi”, deyishgan ekan. O‘zbek akalarga ming rahmat, ular yordam qilib davolatishgan. Sog‘ayganimdan keyin bo‘lgan voqealarni aytib berishganda hayotning naqadar qadrli ekanligini anglab yetdim, — deydi Sherzod Mamadaliyev.

    Ammo bu qahramonimizning ilk fojiasi emas. U sirk tomoshasi paytida arqondan yiqilgani, nogiron bo‘lib qolgan hamkasbi va o‘zidagi noyob qobiliyatni qachon sezgani haqida ham so‘zlab berdi.

    Quyida suhbatni to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

    28.05.2023, 21:25   Izoh (0)   28855
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filmdagi qahramonining noqulay kiyimi va grimi tufayli azobda qolgan aktyor va aktrisalar (foto)

    28.05.2023, 18:15

    Ed Shiran Floridadagi maktabga bordi. U o‘quvchilarga gitara, konsertiga chipta sovg‘a qildi va bir nechta qo‘shiq kuylab berdi (video)

    28.05.2023, 14:30

    O‘zini yetarlicha baholay olmaslik: Gollivud yulduzlarining yashirin qo‘rquvlari

    28.05.2023, 10:55

    Instagram: Nargiza Salmonova ona bo‘ldi, farzand kutayotgan Iroda Ismoilova, unvon ololmayotganidan noligan Kaniza

    27.05.2023, 22:30

    “Pul uchun o‘qituvchilik qilayotganim yo‘q”. Vayner O‘tkir Shodmonov bolalarga dirijyorlikni o‘rgatayotgani va o‘z hayoti to‘g‘risida vaynlar olishi haqida (video)...

    27.05.2023, 18:30

    Tobi Maguayr, Bryus Uillis va ko‘p gonorar so‘ragani uchun ishdan bo‘shatilgan boshqa mashhur aktyorlar (foto)

    27.05.2023, 11:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.