Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suvi va issiq suv taʼminoti bir kunga o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2023-yil bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda suv taʼminoti to‘xtatiladi. Xususan, 29-may soat 09:00 dan 30-may soat 09:00 gacha:
- Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: Urug‘chilik markazi, Milliy bog‘, Yangi tong, Alisherobod, Zafar, Jo‘shqin, Sog‘lom avlod, Farovon hayot, Jasorat, Nurli Zamin ko‘chalarida, Anay buloq ko‘chasi ko‘p qavatli uyda, Texnika xavfsizligi oliygohida, Viloyat sud-tibbiyot ekspertizasida, Mehnat va ijtimoiy akademiyasida;
- Sergeli tumani bo‘yicha: “No'g‘ayqo‘rg‘on”, “Yuqori Darxon”, “Belariq”, “Past Darxon” mahallalarida, Dehqon bozori, Sergeli avtomobil bozorida;
- Yangihayot tumani bo‘yicha: “Do‘stlik”, “Charag‘on”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Toshkent”, “Chortoq”, “Chorbog‘”, “Yorqin hayot”, “Olchazor”, “Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Iqbol”, “Fayzli” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda, 37-sonli oilaviy shifoxonada, 1-sonli tug‘uruqxonada, tuman hokimiyati va prokuraturasida suv bo‘lmaydi. Suv taʼminoti to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
Izoh (0)