• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Orzudagi “Fergi-taym”. Fergyusonning o‘zgarishlari “Manchester Yunayted”ga tarixdagi eng mashhur kambek va YCHL g‘olibligini keltirgan o‘yin haqida

    1999-yilning 26-may kuni “Kamp Nou” stadionida Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi afsonaviy final uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Hal qiluvchi bahs “Manchester Yunayted” va “Bavariya” jamoalari o‘rtasida kechgan. Ushbu o‘yinda “qizil iblislar” tomonidan qilingan kambek haligacha ko‘pchilik tomonidan eslanadi. Quyida Aleks Fergyusonning o‘zgarishlari chempionlik keltirgan final haqida so‘z boradi.

    “Kamp Nou”dagi kambek

    Myunxenliklar uchrashuv avvalida hisobni ochadi. Mario Basler jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda Peter Shmeyxelni dog‘da qoldiradi. “Bavariya” minimal hisobdagi ustunlikni deyarli o‘yin yakuniga qadar ushlab turadi.

    Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning birinchi daqiqasida “Manchester Yunayted” futbolchilari burchak zarbasiga ega bo‘ladi. Aleks Fergyuson tavakkalga qo‘l uradi: jarima maydoniga hatto Shmeyxel ham yetib boradi. Devid Bekhem to‘pni o‘yinga kiritadi, havodagi to‘pga Shmeyxel biroz yo‘nalish beradi, Duayt York esa uni futbolchilar tomon uzatadi. Torsten Fink to‘pni jarima maydonidan uzoqlashtira olmaydi, o‘z navbatida Rayan Giggzning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi ham kuchsiz chiqadi. Biroq Teddi Sheringem yaqin masofadan darvozani aniq nishonga olgan holda hisobni tenglashtiradi — 1:1.

    “Manchester Yunayted” muvozanatni tiklagan vaqtda tablodagi vaqt 90:36 edi. Bu bilan “Yunayted” o‘zi uchun kamida qo‘shimcha bo‘limlarni naqd qilib qo‘ygandi.

    Foto: Getty Images

    Oradan ko‘p o‘tmay ingliz klubi yana burchak zarbasiga ega bo‘ladi, biroq bu safar Shmeyxel jarima maydoniga bormaslikka qaror qiladi. Yana Bekhem to‘pni jarima maydoniga uzatadi, Sheringem to‘p yo‘nalishini o‘zgartiradi va Ole-Gunnar Sulsher uni darvoza tomon to‘g‘rilab qo‘yadi — 2:1. “Manchester Yunayted” ikkinchi golni urgan vaqtda tabloda 92:17 sonlari porlab turardi.

    Fergyuson o‘yinchi almashtirishda yutdi, “Bavariya” murabbiyi xato qildi

    Butun o‘yin davomida “Bavariya” “Manchester Yunayted”dan ko‘ra keskinroq o'ynadi va tez-tez xavfli hujumlar uyushtirdi. Lekin ikkinchi taymda tarixga kirgan va ikki jamoa murabbiylarining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan voqea sodir bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    “Manchester Yunayted” murabbiyi Aleks Fergyuson zaxiradan maydonga Teddi Sheringem va Ole-Gunnar Sulsherni tushirdi va aynan ular natija ko‘rsatdi. Birinchi futbolchi bir gol va bir assist qayd etdi, ikkinchisi esa g‘alaba to‘pini kiritdi. “Bavariya”ning o‘sha vaqtdagi ustozi Ottmar Xitssfeld esa zaxiradan o‘yinga Torsten Fink, Mehmet Sholl va Hasan Salihamidjichni o‘yinga tashlagandi.

    O‘zgartirishlar omadsiz bo‘ldi. Har uchalasi ham birinchi o‘tkazib yuborilgan golda bevosita aybdor bo‘ldi. Fink to‘pni uzoqlashtira olmadi, Salihamidjich jarima maydoni chizig‘i oldida to‘xtab qoldi va Giggzni yolg‘iz qoldirdi, Sholl Sheringemga eng yaqin turgan futbolchi edi, biroq unga qarshilik qila olmadi.

    “Bavariya” murabbiyining o‘zgarishlari

    Qo‘shib berilgan vaqtdagi ikki daqiqa ichida kiritilgan gollar “Bavariya”ni taslim etdi. Fergyuson o‘yinchi almashtirishda yaqqol g‘alaba qozondi. Xitssfeldning uch o‘zgarishidan ikkitasi o‘yinning o‘zidayoq shubhali tuyulgandi. Oxir-oqibat, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar hech narsa qila olmadi. Quyida o‘zgarishlarning har biri haqida batafsil ma’lumot beriladi.

    1. Lotar Matteusning o‘yindan olinishi

    O‘yinning 80-daqiqasida jamoaning yetakchisi va sardori zaxiraga olindi. Lotar Matteus o‘yinni o‘qirdi va doim kerakli joyda paydo bo‘lardi. Yarim himoyachi ba’zi vaziyatlarda himoyaga ham qaytib, raqibdan to‘pni olib qo‘yayotgandi.

    Uning o‘rniga maydonga tushgan Torsten Fink o‘yinga kirishib keta olmadi. U nafaqat “Manchester Yunayted” gol kiritgan vaziyatda, balki ungacha bo‘lgan vaqtdagi o‘yinda ham bir necha marta pozitsion xatolarga yo‘l qo‘ydi.

    U vaqtda 38 yoshda edim, o‘sha o‘yinda o‘zimizga noodatiy bo‘lgan taktikada harakat qilgandik. Butun mavsum davomida erkin himoyachi sifatida o‘ynadim, himoyada uch futbolchi edik: men, Kuffur va Linke. Lekin “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynadik, men yarim himoyada harakat qildim. Juda ko‘p yugurishim kerak edi, nafas olish uchun ham vaqt yo‘q edi. Barselona shahrida havo juda issiq edi, 70–75-daqiqadan keyin murabbiyga charchaganimni aytdim. Meni maydonda qoldirish yoki olib tashlash bo‘yicha u qaror qabul qilishi kerak edi. Bu murabbiy uchun nimanidir o‘zgartirish kerakligi haqida belgi bo‘ldi va shunday ham qildi, — deya eslaydi Matteus.

    2. Mario Baslerning zaxiraga olinishi

    Eng xavfli hujumkor futbolchi 89-daqiqada zaxiraga olingandi. Basler “Bavariya”ning uchrashuvdagi yagona golini kiritgandi. U aqlli qarorlari bilan yodda qolgan — maydon markazidan gol urishi mumkin edi, 50 metrlik masofani bosib o‘tganidan keyin golli pas berishga yaqin kelgandi.

    Qolgan daqiqalarda hujumda nimadir qilishning hojati qolmagandi. Faqatgina diqqatni saqlab qolish kerak edi. “Bavariya” uchun yanada alamlisi esa zaxiradan maydonga tushgan Salihamidjichning diqqatni yo‘qotgani va jarima maydoni chizig‘i ustida turib qolgani bo‘ldi. Hujumda nimadir ko‘rsatish uchun unga vaqt yetmasdi.

    3. Shollning maydonga tushishi

    Mehmet Sholl Aleksandr Siklerning o‘rniga maydonga tushgan. Hujumda xavfliroq ko‘ringan bo‘lsa ham, Sheringem gol urgan vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ydi.

    Fergyuson asosiy narsani tushungandi — g‘alaba qozonish uchun yaxshiroq o‘ynash kerak emas. Murabbiy buni bir ibora bilan izohladi — “Bu futbol, ​​jin ursin!”. Ushbu o‘yin Ser Aleksning butun faoliyatiga ta’sir qilganiga shubha yo‘q. Buning tasdig‘ini esa u keyinchalik murabbiylik qilgan futbolchilarning so‘zlaridan ham bilish mumkin.

    “Fergyusonning eng yaxshi maslahati? U sen juda ham ko‘p ishlaysan, degandi. Men tushunmay qoldim, u nimani nazarda tutgandi? Lekin keyinchalik tushundim. Odatda men butun 90 daqiqa davomida yugurardim. O‘yin oxirida esa shunchaki charchab qolardim. Fergyuson hujumchilari o‘yin oxiriga ham kuch saqlab qo‘yishini xohlardi. Chunki g‘alaba qozonish uchun imkoniyat 90-daqiqadan keyin ham bo‘lishi mumkin”, — degandi Ueyn Runi.

    Fergyuson butun umrga g‘alaba qozonish uchun ba’zida bir lahza (yoki ikki) kerak bo‘lishini o‘rgangandi. Keyinchalik unga so‘nggi daqiqalar g‘olibi nomi yopishib oldi va “Fergi-taym” iborasi paydo bo‘ldi. Shu g‘alaba ortidan Fergyuson boshchiligidagi “Manchester Yunayted” yana 33 ta sovrinni qo‘lga kiritgandi.

    Foto: Getty Images

    Xitssfeld uchun ham bunday mag‘lubiyat ta’sir qilmay qolmadi. Har bir inson aql bovar qilmaydigan g‘alabalar va shov-shuvli mag‘lubiyatlardan ta’sirlanadi. Oradan ikki yil o‘tib, Xitssfeld “Bavariya” bilan “Valensiya”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. O‘sha uchrashuvda murabbiy juda ehtiyotkor harakat qilgandi. Uchta almashtirishdan ikkitasi qo‘shimcha daqiqalarda amalga oshirilgandi.

    “Bavariya” “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etishi kerak edi. Maydon markazida Niki Batt va Devid Bekhem harakat qilgandi

    Diskvalifikatsiya sabab finalni “Manchester Yunayted”ning asosiy yarim himoyachilari Roy Kin va Pol Skoulz o‘tkazib yuborgandi. U vaqtda Roy Kin jamoa sardori ham edi. Ularning o‘rnini bosish uchun katta kuch sarflangandi.

    Maydon markazida Niki Batt va Devid Bekhem o‘ynagandi. “Bavariya” futbolchisi Shtefen Effenberg ko‘p bora yolg‘iz qolib ketdi. Matteus hujumga qo‘shildi, qanot hujumchilari ham yordamga keldi. O‘yin taqdirini hal qilish imkoniyatlari ko‘p bora paydo bo‘lgandi.

    Imkoniyatlar doim ham ko‘p bo‘lmaydi va agar undan foydalanilmasa qaytib kelmasligi mumkin. Kim undan ko‘proq foydalansa, chempionga aylanadi. 24 yil oldingi Barselonadagi oqshomda aynan shunday bo‘lgandi.

    28.05.2023, 19:22   Izoh (0)   10077
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston U-18 terma jamoasi CAFA U-20 musobaqasi g‘olibiga aylandi

    28.05.2023, 14:17

    Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi

    28.05.2023, 12:27

    U-20 JCH—2023. O‘zbekistonning 1/8 finaldagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

    28.05.2023, 04:59

    Liga 1. “PSJ” safarda durang o‘ynadi va Fransiya chempionligini rasmiylashtirdi

    28.05.2023, 02:01

    A Seriya. “Inter” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atalanta”dan ustun keldi, “Roma” so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga mag‘lubiyatga uchradi 

    28.05.2023, 01:41

    La Liga. “Real” Rodrigoning dubli evaziga “Sevilya”dan ustun keldi 

    27.05.2023, 23:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSH Federal zaxira tizimi boshqaruv kengashi a’zosini ishdan bo‘shatmoqchi

    Dunyo | 26 avgust, 19:15

    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

    Reklama | 26 avgust, 18:00

    Soliq to‘lamay qiymati 150 mlrd so‘mga yaqin tovar sotgan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:00

    Boliviya prezidentligiga nomzod Rossiya bilan yirik shartnomalarni bekor qilishni va’da qildi

    Dunyo | 26 avgust, 18:45

    O‘zbek san’atkorlari Instagram’da reklama uchun qancha haq oladi?

    Madaniyat | 26 avgust, 18:36

    “Rossiya Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvini cho‘zmoqda” — Merts

    Dunyo | 26 avgust, 18:25

    Noqonuniy sigaretalar ichida nima bor? Tahlil natijalari hayratlanarli

    Toshkent sh. | 26 avgust, 16:30

    Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 18:16

    Qaysi hududda aholi va korxonalarga eng ko‘p kredit berilgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 26 avgust, 18:11

    O‘zbekistonga asosan necha yoshdagi turistlar kelgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 17:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.