Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Forsaj 10” filmining muvaffaqiyatli taqdimotidan keyin loyiha rasman butun dunyo bo‘ylab 7 milliard dollar to‘plagani ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Yandeks.ru”

Ushbu natijaga “Forsaj” filmlaridan tashqari “Yulduzlar jangi” franshizasi, “Garri Potter”, “Jeyms Bond” loyihasi va Marvel kinematik olami erishgan.

“Forsaj” filmlari umumiy 11 ta qismdan iborat va hozirga qadar  kassada 7,03 milliard dollar yig‘gan. Eng ko‘p daromad keltirgan film Pol Uoker so‘nggi rolini ijro etgan “Forsaj 7” hisoblanadi, ushbu loyiha umumiy 1,52 milliard dollar to‘plagan.

“Forsaj 10” filmi o‘tgan hafta katta ekranlarga chiqdi va dunyo bo‘ylab 388 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, franshizaning o‘ninchi qismida Toretto va uning sheriklari o‘ldirilgan narkobaronning o‘g‘li Dante (Jeyson Momoa ijro etgan qahramon) bilan yana bir kuchli raqibga duch keladi. Filmda bosh rollarni Mishel Rodriges, Tayriz Gibson, Jordana Bryuster, Bri Larson, Sharliz Teron, Jon Sena, Helen Mirren va boshqalar ijro etgan.

Loyihaga Lui Leterye (“Aldash illyuziyasi” loyihasi muallifi) rejissorlik qilgan. U, shuningdek, “Forsaj-11” filmini ham suratga oladi. Filmning budjeti 340 million dollarni tashkil etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi