Turkiyaning “Fotih Karagyumryuk” klubi bosh murabbiy Andrea Pirloni iste’foga chiqardi.
Italiyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi bekor bo‘ldi. “Biz Andrea Pirlo va uning shtabi bilan yangi mavsumda hamkorlikni davom ettira olmasligimiz sababli, unga ketish imkoniyatini berdik. Klub mutaxassisga kelajakdagi rejalarini o‘ylab olishi uchun unga vaqt beradi. Mavsumning qolgan qismini imkon qadar yuqori darajada o‘tkazishga harakat qilamiz.
Pirlo bilan hamkorlikdan va uning klub rivojlanishi yo‘lida qo‘shgan hissasidan minnatdormiz”, — deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, Andrea Pirlo 2022-yil yozidan buyon Turkiya klubini boshqarib kelayotgan edi. Qayd etib o‘tish joiz, “Fotih Karagyumruk” safida o‘zbekistonlik Otabek Shukurov harakat qiladi.
Klub Turkiya chempionatida ortda qolgan 33 turdan so‘ng 44 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.
Izoh (0)