• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Epsilon zo‘ravonligi, MIB notavonligi bizni bankrot qildi”. Buxorolik tadbirkorlar Bosh prokurordan yordam so‘radi

    Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida bo‘lib, Epsilon kompaniyasining zo‘ravonligidan shikoyat qildi. Bu haqda mazkur qabulda bo‘lgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    “Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJ masʼuli Qoryog‘di Ochilovning aytishicha, Epsilon kompaniyasi MCHJga qarashli 5 dona Rossiyada ishlab chiqarilgan “Uralmash-3D” burg‘ulash qurilmalarini zo‘ravonlik bilan tortib olib, hech qanday haq to‘lamagan holda foydalanib kelmoqda.

    Qoryog‘di Ochilov.
    Foto: “Daryo”

    “Biz bu bo‘yicha sudga ham murojaat qildik. Sud Epsilon kompaniyasiga 2019-yil mart oyida mulkni qabul qilish va topshirish dalolatnomalari orqali berilgan 5 komplekt burg‘ulash qurilmalarini 2022-yil o‘z egasiga topshirish majburiyatini yukladi. Bu haqda hatto Oliy sud qarori ham bor. Bu majburiyatni bajarishi kerak bo‘lgan MIB esa o‘ziga yuklatilgan vazifani uddalay olmaganligi bois, hamon o‘zimizga tegishli burg‘ulash uskunalarini ololganimiz yo‘q. Shu masalada Bosh prokurordan yordam so‘rab keldik”, — deydi Bosh prokurordan umid qilib borgan Qoryog‘di Ochilov.

    Murojaatchilarning aytishicha, ular Bosh prokuror qabuliga kirolmagan.

    “Bizning ishimiz sud orqali MIBning Bobur Panjiyev ismli masʼuliga yuklatilgan ekan. Ijro harakatlari qanday ketayotganini bilish va uskunalarimizni tezroq olish uchun Buxorodan Qashqadaryoga besh soatlab yo‘l yurib, umid bilan kelamiz. Ammo MIB masʼuli bizni qabul ham qilmaydi. Kimga murojaat qilishga hayronmiz. MIB xodimi qayerga borsang bor, Epsilon’dan bu uskunalarni undirish bizning qo‘limizdan kelmaydi dedi. Shu sabab Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan Bosh prokuror qabulidan umid qilib kelgandik. Lekin Bosh prokuror qabuliga kirolmadik. Bizni Bosh prokuraturaning 17-bo‘limdagi masʼullar qabul qilishdi. Epsilon masalasi qiyin, uni bajarib bo‘lmayapti deyishyapti”, — deydi murojaatchilar.

    MCHJda boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Ibrohim Cho‘lliyevning maʼlumot berishicha, MCHJ Rossiyada ishlab chiqarilgan “Uralmash-3D” burg‘ulash qurilmalarini 2017-yilda sotib olgan bo‘lib, ayni kungacha xarid shartnomasida ko‘rsatilgan pullarni to‘lab kelmoqda.

    Ibrohim Cho‘lliyev.
    Foto: “Daryo”

    “Eng qizig‘i 2017-yilda xarid qilingan burg‘ulash uskunalarining pulini hali-hamon biz to‘layapmiz. Lekin bundan Epsilon foydalanmoqda. Buning uchun bizga na pul to‘laydi, na biror bir haq beradi. Qaysi tashkilotga murojaat qilsak, Epsilon’ga kuchimiz yetmaydi deydi. Qanday qilib, sud chiqargan qarorni ijro qilmaslik mumkin? Buning uchun MIBga qonuniy vakolat berilgan-ku”, — deydi MCHJ direktori o‘rinbosari.

    Mazkur holatga izoh bergan MIBning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi masʼuli Bobur Panjiyev “Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJ avval “O‘zbekneftgaz”ga qarashli tashkilot bo‘lganini, shu sabab 5 ta burg‘ulash uskunasi “O‘zbekneftgaz” mulki bo‘lganini, ammo tashkilot “O‘zbekneftgaz” tarkibidan chiqayotgan paytda burg‘ulash uskunalari MCHJ balansida qolib ketganini aytmoqda.

    “Epsilon shu vaj bilan bizga chiqib, ‘O‘zbekneftgaz’ga qarashli burg‘ulash uskunalari Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan ularga berilganini, ayni paytda ham uskunalar davlat mulki ekanini aytib, MCHJga qatarib bermasligini bildirgan. Va shu sabab ham sudga murojaat qilgan”, — deydi masʼul.

    Taʼkidlanishicha, sud qaroriga ko‘ra 5 ta burg‘ulash uskunasini MCHJga olib berish haqidagi ijro hujjati Byuroning Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga 2022-yilning 4-iyun kuni kelib tushgan.

    “Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 24-martdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Epsilon Development Company MCHJ zimmasiga 2019-yil mart oyida mulkni qabul qilish va topshirish dalolatnomalari orqali berilgan 5 komplekt Rossiyada ishlab chiqarilgan ‘Uralmash-3D’ burg‘ulash qurilmalarini undiruvchi ‘Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi’ MCHJga qaytarib berish majburiyati yuklangan. Yuklash to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga 2022-yil 4-iyulda kelib tushgan. Ijro harakatlari davomida qarzdordan 1 komplekt burg‘ulash qurilmalari undiruvchi ‘Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi’ MCHJga olib berilgan”, — deyiladi MIBning viloyat boshqarmasi rasmiy axborotida.

    Bobur Panjiyevning aniqlashtirishicha, qarzdor Epsilon Development Company MCHJ 2023-yil 10-mart kuni xat bilan murojaat qilib, “Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJga qaytarilishi belgilangan 5 komplekt burg‘ulash uskunalari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 97-sonli qaroriga asosan ularga berilganini, qaror hali ham amalda va bekor qilinmaganligini bildirgan.

    “Shunga ko‘ra 2023-yil 15-mart kuni Koson tumanlararo iqtisodiy sudga tushuntirish so‘rab ariza bilan murojaat qilingan. Kelgusida sudning yakuniy xulosasiga asosan ijro harakatlari amalga oshiriladi”, — deydi MIB masʼuli.

    Murojaatchilar MIBning sud qarorini bir yildan beri ijro qilmayotganidan noroziligini taʼkidlamoqda.

    “MIB mulk kimniki, qay tartibda bizga kelib qolgan, nega kelib qolgan degan savollarni o‘rtaga tashlamay, sud qarorini muhokama qilmay, ijro bilan shug‘ulanishi kerak emasmi? Yoki MIB har doim sudning qarorini muhokama qilib, qarorga ishonchsizlik bildirib keladimi? Uning ishi qarorni ijro qilish emasmi?”, — deydi mulkini ololmayotganini aytayotgan murojaatchilar.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

     

    22.05.2023, 16:22   Izoh (0)   8093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

    22.05.2023, 16:11

    Jizzaxda 19 yoshli yigit taqiqlangan diniy material tarqatgani uchun sudlandi

    22.05.2023, 15:57

    Samarqandda o‘quvchi qiz sinfdoshi tomonidan “samosud” qilindi

    22.05.2023, 15:20

    Toshkentda so‘nggi qo‘ng‘iroq, maktab ta’miri uchun pul yig‘ish holatlari kuzatilsa xabar berish so‘raldi

    22.05.2023, 14:10

    Farg‘onada fermer xo‘jaligi rahbari 80 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lganida ushlandi

    22.05.2023, 13:35

    “O‘zgidromet” hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

    22.05.2023, 12:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.