• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BAA kompaniyasi O‘zbekiston bilan energiya loyihalari va infratuzilmaga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha strategik hamkorlik eʼlon qildi

    Eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Abu-Dabi Milliy energetika kompaniyasi (TAQA) O‘zbekiston hukumati bilan O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritish uchun strategik imkoniyatlarni o‘rganish bo‘yicha hamkorlik boshlanganini e’lon qildi. Xususan, yangi va mavjud elektr stansiyalari hamda tegishli energetika infratuzilmasi kabilar o‘rganib chiqiladi, sarmoya qiymati esa 3 milliard dollardan ortiq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Emirates 24 xabar bermoqda.

    Foto: The National

    Strategik bitim va uni amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomani O‘zbekiston Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Sarvar Hamidov, TAQA nomidan esa kompaniya bosh ijrochi direktori va boshqaruvchi direktori Yasim Husayn Zabet imzoladi.

    Amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnoma taxminan 1,5 GVt quvvatga ega bo‘lgan yashil maydonli kombinatsiyalangan elektr stansiyasi bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi. Yangi loyiha Tolimarjon energetika majmuasi yonida yo‘lga qo‘yiladi, u yerda avvalroq TAQA ikkita gaz elektr stansiyasini xususiylashtirishga sarmoya kiritish rejalarini e’lon qilgandi. Yangi hamkorlik TAQA tomonidan elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, ta’minot, ishga tushirish, sinovdan o‘tkazish, egalik qilish va foydalanish kabilarni qamrab olishi kutilmoqda.

    Shartnomalarda, shuningdek, O‘zbekistondagi elektr uzatish va taqsimlash infratuzilmasi bilan birgalikda umumiy quvvati 3 GVt dan ortiq bo‘lgan mavjud va kelgusida yaratiladigan yashil maydonda gaz bilan ishlaydigan elektr ishlab chiqarish stansiyalariga sarmoya kiritish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.  

    Nashr ta’kidlashicha, ushbu kelishuvlar TAQA’ga yangi va mavjud energiya ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish tajribasini olib kirishga yo‘l ochadi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekiston hukumatining sohani isloh qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlamoqda. Energiya uzatish va tarqatishda kompaniya O‘zbekiston hukumatiga uzatish va tarqatish tarmog‘ining ishlashi, tarmoq aktivlarini modernizatsiya qilish va yig‘ish xizmatlarini sezilarli darajada yaxshilashga yordam berish uchun xalqaro infratuzilmani rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribasini ulashadi. 

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Sarvar Hamidov O‘zbekiston TAQA bilan ushbu muhim energiya va infratuzilma loyihalarida yana bir bor hamkorlik qilishdan mamnun ekanini aytgan:

    “Ushbu hamkorlik va loyihalar liniyasi barqaror va ishonchli energetika sektoriga sarmoya kiritish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud imkoniyatlar va umumiy manfaatlarimizga asoslanadi. Biz O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni ilgari surish uchun TAQA bilan hamkorlikni intiqlik bilan kutyapmiz”.

    TAQA guruhining bosh ijrochi va boshqaruvchi direktori Yasim Husayn Zabet shunday degan:

    “TAQA O‘zbekiston hukumati bilan hamkorligimiz doirasida o‘zining keng global tajribasidan foydalanish imkoniyatidan mamnun. Birgalikda ishlash orqali biz mamlakat energetika tarmog‘ining barqaror rivojlanishini jadallashtirishimiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashimiz mumkin. O‘zbekistonning tarmoq va ishlab chiqarish sektori imkoniyatlarini modernizatsiya qilishga yordam berishdan tashqari, mamlakatning yetakchi vazirlik idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilish bizga xalqaro portfelimizni boyitish, jahon kommunal xizmatlari yetakchisi sifatidagi mavqeyimizni mustahkamlash imkonini beradi”.

    Bitimlarni imzolash marosimida TAQA, ADNOC va Mubadala kompaniyalari ittifoqiga qarashli Abu Dhabi Future Energy Company qo‘shma korxonasi O‘zbekiston Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan qo‘shma rivojlanish shartnomasini imzolagan. Unda O‘zbekiston bo‘ylab bir nechta obyektlarda 2 gigavattdan yuqori bo‘lgan quyosh va shamol loyihalarini hamda 500 megavatt/soat batareya quvvatini saqlashni rivojlantirish nazarda tutilgan.

    22.05.2023, 14:00   Izoh (0)   2667
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Harbiy poligonlar: Rossiya Qozog‘istondan qancha yerni qancha haq evaziga ijaraga olgan?

    22.05.2023, 12:25

    SpaceX kompaniyasi sayyohlardan iborat kemani Xalqaro kosmik stansiyaga uchirdi

    22.05.2023, 11:27

    Yaponiya ukrainalik askarlarni davolash uchun qabul qiladi va Kiyevga 100 ta harbiy yuk mashinasi beradi

    22.05.2023, 10:35

    “Rossiyaning ko‘p yillik tahdidlari fonida Ukrainaga G‘arbdan xavfsizlik kafolatlari kerak” — Avstriya tashqi ishlar vaziri

    22.05.2023, 09:48

    Nega Rossiya va Ukraina urushida Baxmut muhim ahamiyatga ega? Uni qo‘ldan boy berish nimani anglatadi?

    21.05.2023, 23:22

    “Rossiya Baxmutni bosib olmadi”. Zelenskiy shahardagi vaziyat haqida gapirdi

    21.05.2023, 23:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.