Expocar kompaniyasi Tesla zavodi bilan Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Qirg‘izistonga elektromobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “RB.ru” xabar berdi.
Expocar startapi asoschisi Magomed Aliyevning aytishicha, rossiyaliklar tez orada Tesla elektromobillarini kompaniyaning o‘z dilerlik markazidan sotib olishi mumkin. Shuningdek, kelishuvlar doirasida avtomobillar BAA va Qirg‘izistonga ham yetkazib beriladi. Ammo kelajakda sotish geografiyasi kengayadi.
Elektromobillar narxi mamlakatdan mamlakatga farq qiladi, lekin bozordagi o‘rtacha qiymatdan past bo‘ladi. Bir oy ichida birinchi elektromobillarni jo‘natish rejalashtirilgan. Yaqin kelajakda Moskva va Dubayda ko‘rgazma zallari ochiladi, mijozlar 3D-konfigurator yordamida kerakli avtomobilni yig‘ishi va buyurtma berishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)