XVIII Xalqaro Venetsiya me’morchilik biyennalesi ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilyonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Pavilyon tashabbuskori sifatida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, kuratori sifatida “Studio KO” faoliyat yuritmoqda.
Pavilyonga tashrif buyuruvchilar mamlakatimizning boy va turfa madaniy merosi haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
“Bu safar madaniyatimiz an’anaviy hunarmandchilik, xalqimiz matonati va qudrati timsoli bo‘lgan qadimiy istehkom qal’alarining bunyod etilishi, yurtimizning uzun va serqirra tarixi aks etgan eksponatlarda namoyon bo‘ladi.
Venetsiyada tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma eshiklari 2023-yilning 20-mayidan 26-noyabriga qadar ochiq bo‘ladi”, — deb yozib qoldirdi Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)