• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Xitoy iqtisodiyoti yana o‘smoqda. Shunday ekan, nega investorlarning mamlakatga qiziqishi susaydi?

    Bir necha hafta oldin Xitoy aksiyalari so‘nggi olti oy ichida dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi, chunki sarmoyadorlar pandemiya cheklovlari olib tashlanganidan keyin mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga pul tika boshladi.

    Foto: Bloomberg

    Ammo 18-aprel — Xitoy birinchi chorakdagi iqtisodiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini e’lon qilganidan beri, butun dunyo bo‘ylab Xitoy kompaniyalarining aksiyalari taxminan 540 milliard dollar qiymatini yo‘qotdi.

    Sarmoyadorlar mamlakatdagi iqtisodiy noaniqlik, ortib borayotgan geosiyosiy keskinliklar va Pekinning xalqaro konsalting firmalariga nisbatan tazyiqlari fonida Xitoyga investitsiyalarini qisqartirdi.

    Nasdaq Golden Dragon China Index 18-apreldan beri 5 foizdan ko‘proq yo‘qotdi. Gonkongning Hang Seng (HSI) indeksi ham 5 foizga pasaydi. Shanxay kompozit indeksi va Shenzhen komponent indeksi mos ravishda 3 foiz va 6,5 foizga tushdi. Xuddi shu davrda Nasdaq Composite 4 foizga oshdi.

    Bu jarayon faqat qimmatli qog‘ozlar bilan cheklanmaydi. Investorlar kayfiyatining barometri bo‘lgan Xitoy yuani o‘tgan oyda 2 foizdan oshdi. 17-may kuni offshor savdoda yuan AQSH dollariga nisbatan yettidan pastga tushdi va bu yil birinchi marta asosiy darajani buzdi. Valyuta 19-iyun kuni yanada zaiflashdi va deyarli olti oy ichida eng past darajaga tushib ketdi.

    Investorlar ikki asosiy sababga ko‘ra Xitoyga shubha bilan qaramoqda. Birinchidan, pandemiyadan so‘ng iqtisodiy tiklanish barqaror bo‘lmadi. Ikkinchidan, mamlakatning investitsiya qobiliyati savol ostida, — dedi Gonkongda joylashgan Kaiyuan Capital bosh investitsiya direktori Brok Silvers geosiyosiy va Xitoy siyosatidagi xavotirlarga ishora qilib.

    AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi bir necha oy ichida tobora keskinlashib bormoqda. Vashington Xitoyning asosiy sanoatiga, jumladan chip ishlab chiqarishga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi. Pekin xorijiy kompaniyalarga nisbatan ishonchsizlik kuchayib borayotganini ko‘rsatib, xalqaro konsultatsiyalarni ta’qib qilmoqda va o‘tgan oydan boshlab mamlakatning aksil-josuslik qonunini kengaytirmoqda.

    Afsuski, yigirma yillik o‘zaro manfaatlardan so‘ng, Xitoy va AQSH o‘rtasida global keskinlik kuchaydi, — dedi Nyu-Yorkda joylashgan PineBridge Investments aktivlarni boshqarish kompaniyasining ko‘p aktivlar bo‘yicha global rahbari Maykl Kelli. 

    Iqtisodiyotning tiklanishi

    Oktyabr oyining oxirida Xitoy qimmatli qog‘ozlari mamlakat o‘zining nol-COVID siyosatidan voz kechishi kutilayotganida, keskin ko‘tarilishni boshladi. Dekabr oyi boshida Pekin qattiq cheklovlardan voz kechdi, bu esa iqtisodiy faollikning tez tiklanishiga olib keldi.

    Ammo birinchi chorakda iste’molga asoslangan 4,5 foiz o‘sishga qaramay, so‘nggi iqtisodiy ma’lumotlar dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotning “notekis tiklanayotganiga” ishora qilmoqda.

    16-may kuni Xitoy aprel oyi uchun iqtisodiy ma’lumotlar to‘plamini e’lon qildi. Bu hisobotdagi ko‘rsatkichlar esa investorlarni xavotirga solgani aytilmoqda. 

    Nomura va Barclay ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin o‘z prognozlarini mos ravishda 5,5 foiz va 5,3 foizgacha tushirdi. Ammo UBS va Goldman Sachs o‘zlarining o‘sish prognozlarini saqlab qoldi — bu yil uchun 5,7 foiz va 6 foiz.

    Aprel oyida mamlakatda iste’mol narxlari indeksi atigi 0,1 foizga o‘sdi. Bu ikki yildan ortiq vaqtdagi eng past o‘sish sur’atidir. 

    Zavod narxlarini o‘lchaydigan ishlab chiqaruvchilarning narx indeksi 3,6 foizga kamaydi. Bu uch yil ichida eng katta qisqarish bo‘ldi va deflyatsiya xavfi yuzaga kelganini ta’kidladi.

    Aprel oyida Xitoy importi 7,9 foizga kamaydi. Bu esa zaif ichki talab belgilarini kuchaytirdi. Bandlikka kelsak, 16 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan aholining ishsizlik darajasi aprel oyida rekord darajadagi 20,4 foizni tashkil etdi.

    Xitoy iqtisodning asosiy haydovchisi bo‘lgan “to‘xtovsiz” ko‘chmas mulk sektori mamalakat uchun katta tashvish bo‘lib qolmoqda, — dedi Silvers. 

    Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda ushbu sektor Xitoy yalpi ichki mahsulotining 30 foizini tashkil etgan.

    17-aprel kuni mamlakat Milliy statistika byurosi yangi uylar narxi mart oyidagi 0.4 foizdan keyin aprel oyida atigi 0.3 foizga ko‘tarilganini ma’lum qildi. Bu esa pandemiya cheklovlari tugagandan so‘ng susaygan talab yanada tushib ketishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 

    Fevraldan oldin uy-joy narxlari taxminan 18 oy davomidagi tarixiy pasayishda edi.

    “Ayg‘oqchiga qarshi kurash”

    O‘tgan davrda, kompaniyalar rahbarlari chet el sarmoyasini qaytarishga intilgan bo‘lsa ham, konsalting va tegishli tekshiruv firmalariga qarshi kampaniya ishbilarmonlarni asabiylashtirdi.

    O‘tgan oy Pekin o‘zining aksil-josuslik qonunini yangiladi, bu esa josuslik deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan faoliyatlar ro‘yxatini kengaytirdi. Masalan, so‘nggi bir necha oy ichida rasmiylar Capvision, Bain & Company va Mintz Grup kabi konsalting kompaniyalarida bir qator reydlar o‘tkazdi.

    Ular Shanxay va Nyu-Yorkda joylashgan Capvision kompaniyasini maxfiy harbiy ma’lumotlarni xorijiy kuchlarga oshkor qilishga yordam berishda aybladi. 

    Rasmiylar, shuningdek, konsalting sanoati josuslik uchun ishlatilganmi yoki yo‘qmi, butun mamlakat bo‘ylab tergov o‘tkazilishini e’lon qildi.

    Pekinning mahalliy va biznes ma’lumotlaridan chet el ogoh bo‘lishini qisqartirish bo‘yicha harakatlari Xitoyga aksiyadorlik investitsiyalarini jalb qilishni yanada qiyinlashtiradi, — dedi Osiyo jamiyati siyosati institutining Xitoyni tahlil qilish markazi xodimi Neil Tomas.

    Unga ko‘ra, iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda milliy xavfsizlikka e’tibor kuchayishi Si Szinpinning rahbariyati chet el firmalarining Xitoyda biznes yuritishini qiyinlashtiradigan siyosiy xavflarni qanday yaratayotganiga xos misoldir.

    Jamg‘arma menejerlari va tahlilchilarning ta’kidlashicha, ta’qiblar xorijiy investor uchun odatda qaror qabul qilishda ishtirok etadigan Xitoy kompaniyalari haqida muntazam ma’lumot olishni ancha qiyinlashtiradi.

    Shu bilan birga, Pekin Xitoyning ba’zi ma’lumot manbalariga, masalan, asosiy moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etadigan bazasiga chet elda kirishni cheklab qo‘ydi.

    Yopilayotgan bozorlar

    Xitoydagi ba’zi fondlar va tadqiqot firmalari o‘z filiallarining mamlakatdagi faoliyatini tugatmoqda.

    OAV xabarlariga ko‘ra, AQSHning texnologiyaga yo‘naltirilgan tadqiqot va konsultatsiya firmasi Forrester Research xitoylik tahlilchilarning aksariyatini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. 

    Forrester global qayta qurishning bir qismi sifatida Xitoydagi ofisini yopayotganini aytdi.

    Beqaror iqtisod bilan bir qatorda xizmatlarimizni doimiy yangilab borishimiz o‘zgarishlarning asosiy omillari, — dedi kompaniya matbuot kotibi. 

    Kompaniyaning Xitoydagi biznesi hajmi uning global daromadiga nisbatan u qadar “katta emas” va u o‘zining global tadqiqot guruhi orqali Xitoydagi mijozlariga xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

    Shuningdek, dunyodagi eng yirik pensiya jamg‘armalaridan biri bo‘lgan Ontario Teachers' Pension Plan hamGonkongda joylashgan Xitoyning kapital sarmoyasi guruhini yopdi.

    Endilikda Osiyoda joylashgan mamlakatlarga yo‘naltirilgan zaxiralarni yig‘ish guruhlari yopildi. Buning natijasida besh nafar hamkasbimiz Gonkongdagi ofisimizni tark etadi, — deydi Pensiya jamg‘armasi vakili Den Madj.

    Shunday bo‘lsa ham, ba’zi investorlarning xitoyliklar bilan aloqalar yana o‘z holiga qaytishiga ishonchi komil.

    Xitoy fond bozorida katta tuzatishlar sodir bo‘lganiga shubha yo‘q bo‘lsa-da, yodda tutish kerakki, bu mamlakat oktyabr oyidagi eng past ko‘rsatkichlardan so‘ng ham eng yirik fond bozorlarida yetakchilik qilgan, — dedi PineBridge Investments’dan Kelli.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb iqtisodlarida qanchalik ko‘p “yoriqlar” paydo bo‘lsa, shunchalik ko‘p global investorlar Xitoy aktivlariga pul qo‘yishi kerak bo‘ladi.

    19.05.2023, 23:56   Izoh (0)   19502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston iqtisodiyotida aylanayotgan pulning optimal darajasi qanday?

    19.05.2023, 23:46

    Shakar narxi pasaydi: O‘zbekiston birjasida o‘tgan haftadagi vaziyat qanday bo‘ldi?

    17.05.2023, 15:40

    “Foton” zavodini xususiylashtirish jarayoni boshlandi

    17.05.2023, 15:00

    “O‘ztransgaz” birinchi chorakda 2,5 trln so‘m zarar ko‘rdi

    03.05.2023, 00:37

    Paxta yog‘ining narxi pasaydi: O‘zbekiston birjasida o‘tgan haftadagi vaziyat qanday bo‘ldi?

    02.05.2023, 22:55

    Samsung xodimlariga korporativ qurilmalarda ChatGPT’dan foydalanishni taqiqladi

    02.05.2023, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.