“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filialining “O‘rtaсhirchiqtumangaz” bo‘limi yetakchi muhandisi va uning sherigi pora bilan qo‘lga tushdi.
Xabarga ko‘ra, holat Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filialining “O‘rtachirchiqtumangaz” bo‘limi yetakchi muhandisi M.O. mahalliy MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan meʼyordan ortiq kompressor jihozlari o‘rnatilgani uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pulni “Hududgaz Toshkent” gaz taminoti filialining yetakchi muhandisi B.M. ko‘rsatmasiga asosan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh (0)