• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi. Rossiya bilan savdo aloqalari esa mintaqaga xavf keltirib chiqarishi mumkin — XVJ

    O‘zbekistonda inflyatsiya 2023-yilda 11 foiz darajasida qoladi, so‘ngra 2024-yilda 9,3 foizgacha tushadi. Bu haqda “Daryo” Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari Subir Lallga tayanib xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Markaziy Osiyo va Kavkazda umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2022-yildagi 4,8 foizdan 2023-yilda 4,2 foizgacha pasayib, 2024-yilda 4,5 foizgacha o‘sishi kutilmoqda. 

    Ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqaning iqtisodi hali ham pandemiyadan keyingi tiklanish va Rossiya—Ukraina urushining tarqalishi, shu jumladan uning global xomashyo narxlariga ta’sirida.

    Bu kutilganidan yuqori o‘sish mintaqadagi aksariyat mamlakatlar uchun asosiy savdo hamkori bo‘lgan Rossiyada kutilganidan kichikroq iqtisodiy qisqarish yuz berganini aks ettirdi. Bundan tashqari, mintaqaviy savdoning sezilarli darajada oshishi, neft eksport qiluvchi mamlakatlar uchun neft narxining oshishi va pul o‘tkazmalari oqimining ko‘payishi ham o‘z hissasini qo‘shdi, — deydi Subir Lall.
    Foto: “Daryo”

    Shu jumladan, bu jarayonga neft import qiluvchi mamlakatlarda Rossiyadan immigratsiya tufayli qator mamlakatlarda, jumladan, Armaniston, Gruziya, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda ish haqining kuchli o‘sishi o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

    Inflyatsiya barqarorligicha qolmoqda

    2022-yilda mintaqa bo‘ylab inflyatsiya o‘sishda davom etdi va mamlakatlar o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keldi. 

    Masalan, 2022-yil o‘rtalaridan boshlab Armaniston, Gruziya va Tojikistonda umumiy inflyatsiya pasaydi, biroq Qozog‘iston va Qirg‘izistonda o‘sishda davom etdi, O‘zbekistonda esa barqaror darajaga yetdi.

    Mintaqada inflyatsiya dinamikasini belgilovchi asosiy omillardan biri ish haqi hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda nominal ish haqining o‘sish sur’ati inflyatsiya darajasidan yuqori. Bu inflyatsiya barqarorligini oshirishi hamda pul-kredit siyosatini olib borishga to‘sqinlik qilishi mumkin.

    2023—2024-yillarda inflyatsiya pasayishi kutilmoqda — 2022-yildagi 13 foizdan 11,8 foiz va 8,5 foizgacha.

    Qozog‘iston Milliy banki raisining o‘rinbosari Aqiljan Bayamagambetovga ko‘ra, narxlarning oshishiga turtki bo‘layotgan omillardan biri iqtisodiyotni keng ko‘lamli fiskal qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.

    Asosiy xavflar

    Tovar narxlarining yangilangan bosimi va ta’minot zanjiri uzilishlari inflyatsiyani kutilganidan balandroq ko‘rsatkichda ushlab turishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida, qo‘shimcha pul-kredit siyosatining qattiqlashuviga va iqtisodiy o‘sishning davomiy sekinlashishiga olib kelishi mumkin.

    Boshqa salbiy xavflar qatoriga Rossiya iqtisodiyotining prognozdan ham keskin qisqarishi, Kaspiy quvurlari konsorsiumi va mintaqaviy ta’minot zanjirlarining uzilishi, pul o‘tkazmalarining kamayishi, Rossiyadan migrantlar oqimining kamayishi kiradi.

    Shuningdek, iqlim o‘zgarishi Lall tomonidan ta’kidlangan muhim ichki xavflardan biridir.

    Ob-havo sharoitlarining tez-tez o‘zgarishi va buning natijasida kelib chiqadigan falokatlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu mintaqadagi ko‘plab iqtisodlarda muhim ahamiyatga ega — ayniqsa kam daromadli hududlarda vaziyatni yomonlashtirishi mumkin, — dedi u.

    Inqiroz sharoitidagi imkoniyatlar

    Subir Lallga ko‘ra, mintaqada cheklangan moliyaviy maydon, oziq-ovqat va energiya importiga qaramlik asosiy zaifliklar bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, bu orqali imkoniyatlar ham paydo bo‘ladi.

    Ushbu voqealar konfiguratsiyasidan kelib chiqqan asosiy xulosalardan biri shundaki, mintaqadagi o‘zgaruvchan savdo holati imkoniyat, balki xavf hamdir. Mamlakatlar o‘zining chidamliligini kuchaytirishi kerak, — deydi Lall.

    Rossiyaga qarshi sanksiyalar yangi savdo shakllariga olib keldi va mintaqaning Rossiya bilan, ayniqsa neft import qiluvchi mamlakatlar bilan savdosini oshirdi. An’anaviy savdo yo‘lining bunday dislokatsiyasi mintaqa uchun savdoni diversifikatsiya qilish imkoniyatidir. 

    Boshqa tomondan, agar sanksiyalar chuqurlashsa va Rossiya iqtisodiyoti keskin qisqarsa, mamlakat bilan savdo aloqalarining kuchayishi mintaqani yuqori xavfga duchor qiladi, — deb tushintirdi u.

    Brukings instituti Barqaror rivojlanish markazining katta ilmiy xodimi Yoxannes Linn esa noaniq muhitda cheklovchi savdo siyosati yaxshi variant emasligini ta’kidlab o‘tdi.

    Foto: “Daryo”
    Aslida mintaqaviy integratsiyalashgan iqtisodiyotni yaratish va, albatta, uni dunyoning qolgan qismi bilan bog‘lash uchun Markaziy Osiyo va Kavkazda aloqalarni turli yo‘nalishlarda yaxshilashga e’tiborni kuchaytirish vaqti keldi, — deydi u Linn.

    Shuningdek, Linn mintaqadagi yetakchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ijobiy omil deb biladi.

    Bizda, xususan, Markaziy Osiyoda rahbariyat o‘rtasida uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan munosabatlarga qaraganda ancha yaxshi munosabatlar vujudga keldi. Bu, albatta, O‘zbekistonda so‘nggi 5-6 yil ichida sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Menimcha, bu yaxshilangan siyosiy imkoniyatlardan foydalanish vaqti keldi, — dedi Linn.

    Pul o‘tkazmalari

    Rossiyadan Ozarbayjon, Gruziya va Armanistonga sof pul o‘tkazmalari 2022-yilda o‘tgan yilga nisbatan besh baravardan ko‘proq o‘sib, YIMning mos ravishda 3, 8 va 17 foizini tashkil etdi.

    Tojikiston va O‘zbekistonda ham sof pul o‘tkazmalari ikki baravar ko‘payib, YIMga nisbatan 13 foizdan 23 foizgacha oshgan.

    Shu bilan birga, tarixan Rossiyadan mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalariga bog‘liq bo‘lgan Qirg‘izistonga sof pul o‘tkazmalari, aksincha, 2022-yilda YIMga nisbatan qariyb 6 foiz punktga kamaydi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘tkazmalarning ko‘lami ushbu mamlakatlarning ba’zilaridagi makroiqtisodiy vaziyat uchun juda muhim. Ularning kelajakdagi hajmi va o‘zgarish tezligi haqidagi noaniqlik xavf tug‘diradi.

    Ularning kattaligini hisobga olgan holda XVJ bank tizimi orqali xususiy pul o‘tkazmalari amalga oshirilishi moliyaviy barqarorlikka ham ta’sir ko‘rsatishi va uni diqqat bilan kuzatib borish kerakligini ta’kidlaydi.

    Norezidentlarning depozitlari Armaniston, Gruziya va O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4-8 foiz bandiga o‘sib, YIMning 6-18 foizini tashkil etdi va bank tizimining umumiy aktivlariga nisbatan taxminan bir xil qiymatni tashkil etdi.

    Shuningdek, Ukrainadagi urush tufayli muhojirlar oqimi talabni oshirdi, lekin ayni paytda ijara va ko‘chmas mulk bozorlarida narxlarga bosimni oshirdi.

    Rossiyadan Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlariga (asosan Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston va O‘zbekistonga) kelgan muhojirlar soni 50 mingdan 150 ming kishigacha, ya’ni qabul qiluvchi mamlakat aholisining 5 foizigacha o‘sdi.

    XVJ prognozlari

    XVJ 2023-yilda xalqaro o‘tkazmalarning o‘sish sur’ati va Rossiyadan Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlariga migrantlar oqimi 2022-yilga nisbatan sezilarli darajada pasayishini kutmoqda.

    Natijada pul o‘tkazmalari va xizmatlar eksportining qisqarishi rivojlanayotgan bozor mamlakatlari, o‘rta va past daromadli mamlakatla joriy hisob balansining o‘rtacha yomonlashishiga olib keladi. YIMning 1,5 va 3 foizini tashkil etadi. Neft narxining pasayishi neft eksport qiluvchi mamlakatlarda (Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston) joriy hisob balansining yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 5,4 foizga yanada zaiflashishiga olib keladi, — deyiladi hisobotda.

    Mintaqa mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 2023-yilda 4,2 foizgacha sekinlashishi va keyin 2024-yilda 4,5 foizgacha oshishi kutilmoqda.

    XVJ 2023-yilda o‘sish sur’atlarining sekinlashishi (Armaniston va Gruziyada keskin bo‘lishi kutilmoqda) Ukrainadagi urushning dastlabki tarqalishining qisqarishini aks ettiradi, deb hisoblaydi.

    18.05.2023, 08:20   Izoh (0)   8260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyo bo‘ylab eng boy 1 foiz aholiga qo‘shilish uchun qancha pul kerak?

    17.05.2023, 18:53

    O‘zbekistonga venchur mablag‘lari kelib tushdi. Ilgari vaziyat qanday edi?

    17.05.2023, 16:10

    O‘zbekistonliklar naqd puldan voz kechishga tayyormi?

    11.05.2023, 22:55

    O‘zbekistonda kobrend bank kartalari: ular aslida nima va odatiy kartalardan farqi qanday?

    08.05.2023, 19:49

    “Fransiya O‘zbekistonga yadro reaktorlarini taklif qilishi mumkin” — Olive Besht

    06.05.2023, 14:28

    Rossiya sanksiyalar oqibatida oltinni umuman boshqa davlatlarga sota boshladi

    03.05.2023, 12:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.