Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi kunida final janglari o‘tkaziladi.
14-may kuni to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi hal qiluvchi bellashuvda qatnashadi.
- -54 kg: Oybek Jo‘rayev — Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston);
- -57 kg: Abdumalik Halokov — Saidel Horta (Kuba);
- -63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘uliston);
- -71 kg: Saidjamshid Ja’farov — Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston).
Final janglari 17:00 da boshlanadi.
13-may kuni O‘zbekiston delegatsiya vakillari Bahodir Jalolov (+92 kg), Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) finalda g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangandi.
Izoh (0)