APL, La Liga, va A Seriyaning top klublari yozda AQSHda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Bu haqda “Real Madrid” rasmiy sayti xabar berdi.
![](/static/Sport/GettyImages-1236098622.jpg)
Soccer Champions Tour o‘yinlaring taqvimi e’lon qilindi. Uchrashuvlar AQSHda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar seriyasida “Real Madrid”, “Barselona”, “Arsenal”, “Yuventus” va "Milan" ishtirok etadi.
Quyida o‘yinlar taqvimi keltirilgan:
- 22-iyul: “Barselona” – “Yuventus”, San-Fransisko;
- 23-iyul: “Real Madrid” – “Milan”, Los-Anjeles;
- 26-iyul: “Barselona” – “Arsenal”, Los-Anjeles va “Real Madrid” – “Manchester Yunayted”, Hyuston;
- 27-iyul: “Yuventus” – “Milan”, Los-Anjeles;
- 29-iyul: “Real Madrid” – “Barselona”, Dallas;
- 1-avgust: “Barselona” – “Milan”, Las-Vegas;
- 2-avgust: “Real Madrid” – “Yuventus”, Orlando.
Izoh (0)