Saudiya Arabistoni hukumati “PSJ” futbolchisi Lionel Messining “Al-Hilol”ga o‘tishida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, klub argentinalik futbolchi bilan hech qanday kelishuvlar bo‘lmaganini tasdiqlamoqda.
Shunga qaramay “Al-Hilol” futbolchining atrofidagilar bilan til topishishga harakat qilmoqda. Lionel Messi Saudiya Arabistoni klubining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Qayd etilishicha, “Al-Hilol” “PSJ” bilan shartnomasi yakuniga yetayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun barcha ishni qiladi. Biroq Messiga “Barselona” ham da’vogarlik qilmoqda.
Avvalroq saudiyaliklar Messini mamlakatga olib kelish uchun uning qator jamoadoshlarini ham taklif qilmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)