Tojikistonning Laxsh tumanidagi Korvonguzar qishlog‘ida ayiq 47 bosh qoramolni g‘ajib tashladi. Bu haqda respublika favqulodda holatlar qo‘mitasiga tayanib, “Daryo”ning Tojikistondagi muxbiri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 10-may kuni sodir bo‘lgan. Cho‘ponning ehtiyotsizligi tufayli ayiq qoramollar bo‘lgan maydonchaga kirib, ularni nobud qilgan. Qoramollar Nurafshon qishloq fuqarolar yig‘inining Korvonguzar qishlog‘ida yashovchi uch nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 11-may kuni Afg‘onistonning Nuriston viloyatida mahalliy yoshlar ayiqni tutib olgandi.
Ayiq o‘rmondan suv ombori qirg‘og‘iga chiqqan, u yerda yaralangan va mahalliy yoshlar tomonidan ushlangan. Suratga ko‘ra, bu Himolay ayig‘i bo‘lib, bunday turlar yo‘qolib ketish xavfi ostidadir.
Izoh (0)