• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Lukashenkoning qanday kasalligi bor? Undan keyin hokimiyatga kim kelishi mumkin?

    Moskvadagi Qizil maydondagi paraddan keyin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning sog‘lig‘i yomonlashgani keng muhokama qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda belaruslik siyosatchi nomaʼlum askar qabriga gul qo‘yish uchun 300 metr ham yura olmagani ko‘rsatildi.

    Bundan tashqari, u Moskvaga kelgan davlat rahbarlari bilan bo'lgan tushlikda qatnashmadi va darhol Minskka qaytib ketdi.

    Fokus nashri Belarusning o‘tish davridagi Vazirlar mahkamasi rahbari o‘rinbosari va sobiq madaniyat vaziri Pavel Latushka, siyosiy tahlilchi Igor Tishkevich bilan voqealar rivojining mumkin bo‘lgan ssenariylari haqida suhbatlashdi.

    Lukashenkoning vorisi: Kochanova, Volfovich yoki Golovchenko?

    Pavel Latushkaning taʼkidlashicha, Lukashenko o‘z ixtiyori bilan lavozimidan ketishini kutishning hojati yo‘q, u hatto sog‘lig‘i tufayli ham bunday qaror qabul qilmaydi.

    “Lukashenko hayotining so‘nggi kunigacha eng qimmatli narsa — hokimiyatni ushlab turadigan shaxs. U hech qachon taxtdan voz kechmaydi. Shuning uchun biz faqat uning o‘limi taqdiridagi ssenariyni ko‘rib chiqishimiz mumkin”, — deydi Belarus demokratik kuchlari vakili.

    Foto: Pavel Latushka

    Belarus Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezidentning sog‘lig‘i tufayli hokimiyatdan chetlatilishi haqiqatan ham mumkin, ammo Lukashenko bunga yo‘l qo‘ymaydi.

    “Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuzni davom ettirayotgani va Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi hali boshlanmagani haqida gapiradigan bo‘lsak, Moskva Belarusni hozirgiday nazorat ostida ushlab turish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi”, — deb tushuntirdi Latushka.

    O‘tish davri Vazirlar mahkamasi vakili Lukashenko atrofida to‘plangan guruh siyosiy elita ham, yaxshi tashkil etilgan tuzilma ham emasligini aytdi.

    Biroq bu odamlar, albatta, hokimiyatni o‘z qo‘llarida ushlab turishni xohlaydi, aks holda ular o‘z xalqi va Ukraina xalqiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun javob berishi kerakligini tushunadi.

    Foto: Igar Tishkevich

    Lukashenko vafot etgan taqdirda uning o‘rniga ikki kishi —  Belarus Respublikasi Milliy majlisi kengashi raisi Natalya Kochanova va Belarus Respublikasi Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich daʼvogarlik qilmoqda.

    “Nima uchun men aynan bu ikki kishi haqida gapiryapman? Chunki ular Xavfsizlik kengashi tarkibiga kiradi. Kengash Belarusda jiddiy vaziyat yuz bergan taqdirda, yaʼni Lukashenko vafot etganidan keyin boshqaruv organiga aylanadi”, — deb tushuntiradi Latushka.

    Tishkevich Lukashenko vafot etgan taqdirda Natalya Kochanova yoki Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko keyingi saylovga qadar uning vazifalarini bajarishi mumkinligini qayd etadi.

    “Bu yerda gap familiyada emas, balki kuchlar konfiguratsiyasida – bu qaror qabul qilingan vaqtda qaysi taʼsir guruhi kuchliroq bo‘lishi haqida”, — deya izoh beradi u.

    Natalya Kochanova

    Foto: Vikipedia

    2016-yildan 2019-yilgacha Belarus prezidenti administratsiyasini boshqargan. 2019-yildan beri Belarus Respublikasi Milliy assambleyasi kengashi raisi, bu lavozimdagi birinchi ayol.

    “U rossiyaparast qarashdagi odam, u Rossiya federal najlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoning homiyligida”, — deya tushuntiradi Latushka.

    U Kochanova Moskvaga rasmiy tashriflar bilan borgani, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgani va Matviyenko unga belarus arbobining o‘zi tasvirlangan portret sovg‘a qilganini eslatdi.

    Aleksandr Volfovich

    Foto: “Belarus segodnya”

    Belarus general-leytenanti, 2021-yil 26-yanvardan beri Belarus Xavfsizlik kengashining davlat kotibi.

    Volfovich Moskva oliy qo‘shma qo‘mondonlik bilim yurtini va Rossiya Bosh shtabining harbiy akademiyasini tamomlagan.

    "Aleksandr Volfovich Kreml taʼsirining agenti, birinchi navbatda, Belarusdagi kuch blokini boshqarishga qodir. Keskin vaziyatda Belarus xavfsizlik kuchlari harbiy odamga ishonishga tayyor bo‘ladi”, — deydi demokratik kuchlar vakili.

    Latushkaning ishonchi komilki, Volfovich figurasi Lukashenkoning vorisi sifatida Kremlni qoniqtira oladi. Garchi Moskva iltimosiga ko‘ra, belaruslik general o‘tish davrida mamlakatni boshqaradigan Kochanovani qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shu bilan birga, Volfovich de-fakto Belarusdagi vaziyatni nazorat qiladi.

    Roman Golovchenko

    Foto: Sputnik

    2020-yil iyun oyida Belarus bosh vaziri etib tayinlangan. Bungacha u Belarusning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi bo‘lgan.

    O‘tgan yilning kuzida Media IQ onlayn loyihasi Golovchenkoni Belarus televideniyesida chiqishlar soni bo‘yicha yetakchi deb tan oldi. Masalan, oktabr oyida unga 512 sujetdan 22 tasida so‘z berildi. Xuddi shu oyda u Rossiya, Armaniston va Qozog‘istonga tashrif buyurishga muvaffaq bo‘ldi.

    Nikolay Lukashenko Belarus rahbari lavozimida: shunday bo‘lishi mumkinmi?

    Foto: Getty Images

    2020-yilda Ukraina ommaviy axborot vositalari Aleksandr Lukashenkoning o‘sha paytda 16 yoshga to‘lmagan kenja o‘g‘li Nikolayga bag‘ishlangan bir qator materiallar va videolarni nashr etdi. Jurnalistlar belaruslik siyosatchi uni o‘zining vorisi sifatida tayyorlayotganini taxmin qildi.

    Lukashenkoning kasalligi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda yana uning o‘g‘lini Kreml qo‘g‘irchog‘iga aylantirmoqchimi yoki yo‘qmi, degan gaplar boshlandi. Biroq mutaxassislar bu masalani jiddiy muhokama qilmayapti.

    “Bunday taxminlarni aytadigan har bir kishiga Lukashenko tomonidan qabul qilingan Konstitutsiyani o‘qib chiqishni taklif qilaman. Kolya Belarus prezidentligiga nomzod bo‘lishi uchun uning o‘zi 90 yil yashashi kerak. Bu ssenariy shunchaki ahamiyatli emas”, — dedi Latushka.

    Putin Lukashenkoni zaharlagan bo‘lishi mumkinmi?

    Foto: tut.by

    Harbiy-huquqiy tadqiqotlar markazi rahbari Aleksandr Musiyenko o‘z ruknida Rossiya maxsus xizmatlari Lukashenkoni zaharlagan bo‘lishi mumkinligini yozadi.

    Pavel Latushka bir kun kelib bunday ssenariy haqiqatga aylanishi, ammo hozir emasligini aytdi. U hozir Kreml butunlay Moskva nazoratida bo‘lgan Lukashenkoning o‘limidan manfaatdor emasligini ilgari surdi.

    Bundan tashqari, belaruslik siyosatchi o‘z ovqatining sifati ustidan to‘liq nazoratni tashkil etgan. Har kuni kamida bitta epidemiolog xavfsizlik nazorati ostida oziq-ovqat yetkazib berishni kuzatadi. Bundan tashqari, u pishirish va tatib ko‘rishda ham ishtirok etadi.

    Lukashenko nima bilan kasallangan?

    Bugungi kunda Lukashenko bilan haqiqatda sodir bo‘layotgan voqealarning turli xil versiyalari ilgari surilmoqda. Boshqa narsalar qatorida, mutaxassislar gripp bilan birga COVID-19 ni keltirib o‘tadi. Biroq bu holatda o‘z sog‘lig‘idan juda qo‘rqqan Putin belaruslik hamkasbini o‘ziga yaqinlashtirmasdi.

    Agar Moskvadagi Qizil maydonda Rossiya prezidentining o‘zi emas, balki Putinning qiyofadoshi bo‘lganini taxmin qilsak, shamollash yoki gripp variantini ko‘rib chiqish mumkin. Yoki Kreml rahbari uning oldiga postsovet respublikalari rahbarlari kelganini ko‘rsatish uchun tavakkal qilishga qaror qilgan.

    Foto: “TASS”

    Qanday bo‘lmasin, Lukashenko paraddan bir necha kun oldin o‘zini yomon his qildi. OAV uning yomon ko‘rinishi haqida 5-may kuni yozgan. Minskda maxsus xizmatlarni taqdirlash chog‘ida u xirillagan ovozda gapirgan va og‘ir-og‘ir nafas olgan, dedi jurnalistlar.

    Bundan tashqari, Lukashenko uzoq vaqtdan beri oyoqlari va umurtqa pog‘onasida muammolarga duch kelgan.

    “Bizning maʼlumotlarimizga ko‘ra, bu jarrohlik aralashuvini talab qiladi. Ammo Belarusda bunday operatsiyalarni amalga oshirish qiyin, shunchaki malakali mutaxassislar qolmagan. G‘arbda yoki Xitoyda biron bir joyda operatsiya qilish kerak, ammo bu umumiy narkozni anglatadi. Lukashenko qo‘rqadi, chunki undan uyg‘onmaslik mumkin”, — deya izoh beradi Latushka.

    12.05.2023, 23:25   Izoh (0)   23510
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lukashenko Moskvadagi paradda qo‘li bog‘langan holda qatnashdi. Jurnalistlar uning sog‘lig‘ida muammolar borligini aytmoqda (foto) 

    09.05.2023, 20:30

    Lukashenko 9-may paradida zaharlangan bo‘lishi mumkin — The Mirror 

    11.05.2023, 18:30

    Twitter’ga yangi bosh direktor tayinlandi

    12.05.2023, 22:20

    “Uyat!”: Erdo‘g‘on raqibining Rossiyaga qarshi bayonotini qoraladi

    12.05.2023, 20:55

    Prigojin rus harbiylari Baxmutdan qochganini aytib, Rossiyani “global fojia”dan ogohlantirdi 

    12.05.2023, 20:13

    Olimlar Yer xaritasi o‘zgarishini prognoz qildi

    12.05.2023, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yopiq liboslar ajoyib yechim: Sanepidqo‘m jaziramada kiyinish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 12:55

    Tramp Los Anjelesdagi namoyishlarni to‘xtatish uchun Milliy gvardiya askarlarini yubordi

    Dunyo | 8 iyun, 12:25

    Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: “O‘zbekistonni mundial bilan tabriklaymiz, lekin UEFA boshqa daraja”

    Sport | 8 iyun, 12:08

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 11:51

    Lukashenko Si Szinpinga haykal o‘rnatishni taklif qildi

    Dunyo | 8 iyun, 11:20

    Ilon Mask Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng moliya vaziri bilan mushtlashib ketgan — OAV

    Dunyo | 8 iyun, 10:50

    Polshaning yangi prezidenti Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 8 iyun, 10:20

    “Barselona” xorvat futbolchisini Yamal uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

    Sport | 8 iyun, 09:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.