Amerikalik aktrisa Syuzan Sarandon Nyu-Yorkdagi Kapitoliy yaqinidagi namoyishda hibsga olindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net” nashri.
Hukumat eng kam ish haqini soatiga 17 dollargacha oshirmoqchi, biroq bu qonun restoranda faoliyat yurutuvchi ishchilarga tegishli bo‘lmaydi.
Sarandon “Yagona adolatli ish haqi” harakatining sakkiz nafar faollaridan biri bo‘lgan. Ushbu harakatning barcha a’zolari hibsga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, Sarandon hibsga olinishidan oldin mitingda nutq so‘zlagan va u bu ishchilarning muhim ekanini ta’kidlagan.
“Bu ishchilar juda muhim kasb egalari. Ularga nafaqat o‘z mehnatlari tufayli, balki muloqot qilish, tushunish va sabr-toqatli bo‘lish uchun nima qilishlari kerakligi va muvaffaqiyatli biznes bilan bog‘liq barcha narsalar uchun hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak”, — deydi aktrisa.
Bir necha kun oldin Sarandon Amerika Yozuvchilar Gildiyasining ish tashlashini qo‘llab-quvvatlagan edi.
Izoh (0)