Namangan viloyatida 600 ming so‘m evaziga mijozlarning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan sog‘lomlashtirish markazi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat 2-may kuni viloyat IIB tezkor qidiruv boshqarmasi axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan. Sog‘lomlashtirish markazi ish boshqaruvchisi bo‘lgan, 1982-yilda tug‘ilgan ayol massajxonada ishlovchi, asli Xorazm viloyatidan bo‘lgan 2000-yilda tug‘ilgan ayol va Chortoq tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan ayol bilan tadbir ishtirokchisidan 600 ming so‘m pullarni olib, ularning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan.
Maʼlum qilinishicha, 600 ming so‘m pullar daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)