• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Italiya futbolini ostin-ustun qilib yuborgan, “Yuventus”ni B Seriyaga ravona qilgan “Kalchopoli ishi” haqida (video)

    2006-yilning may oyida Italiya futbolida katta “portlash” yuz bergandi. Korrupsiya tufayli bir nechta klub, hakam va mansabdor shaxslar jazolandi. Eng og‘ir jazo 2005/06-yilgi mavsum chempioni “Yuventus”ga nisbatan qo‘llanildi. Jamoa B Seriyaga tushirib yuborildi va A Seriyadagi ikkita chempionligidan mahrum qilindi. Quyida Kalchopoli deya nom olgan voqealar haqida so‘z boradi.

    Nega “Kalchopoli”? 1990-yillarning boshida Italiyada siyosatchilarning sotib olinishi ortidan “Tangentopoli ishi” (tangente — pora, poli — shahar) kelib chiqqan. OAV 2006-yildagi futbol bilan bog‘liq korrupsion ishlarni ham “Tangentopoli ishi”ga qiyoslab, “Kalchopoli ishi” (calcio — futbol, poli — shahar) deb nomlagan.

    “Kalchopoli ishi”ning boshlanishi

    Italiyaning La Gazzetta dello Sport sport nashrida 2006-yilning 22-aprel sanasida “Yuventus” bosh direktori Luchano Modjining hakamlar hay’ati a’zolari bilan suhbatlarining transkripsiyasi e’lon qilingan. Unda Modji “Yuventus” o‘yinlariga o‘ziga yoqqan hakamlarni tayinlashni so‘ragani aytilgandi. E’lon qilingan ma’lumotlardan keyin Italiya futbolida bomba portlaganday bo‘ldi. Shunday qilib “Kalchopoli ishi” kelib chiqdi.

    Luchano Modji
    Foto: Getty Images

    Jamoatchilik adolatni tiklashni va aybdorlar jiddiy jazolanishini talab qildi. Italiya futbol federatsiyasi bunga ko‘z yuma olmadi va tergov boshladi. Bu vaqtda Italiya futbolidagi barcha korrupsiya aralashgan ishlar yuzaga chiqdi. Gazetalar, televizor, radio va elektron OAV yozib olingan suhbatlardan parchalarni chop etishda davom etdi. Tergovda “Yuventus” va uning rahbariyatidan tashqari boshqa klublar, Italiya futbol federatsiyasi va Hakamlar assotsiatsiyasi vakillari ham ishtirok etgandi.

    Janjal boshlanganidan uch hafta o‘tib, “Yuventus” Italiya chempioniga aylandi va 29-marta Skudettni qo‘lga kiritgandi. Keyingi kunda esa Turin klubi rahbariyati iste’foga chiqdi. Italiya futbol federatsiyasi va Hakamlar assotsiatsiyasi prezidentlari ham o‘z o‘rinini tark etishga majbur bo‘lgandi.

    “Kalchopoli ishi”da aybdor bo‘lgan jamoalarga quyidagi jazolar qo‘llangan:

    • “Yuventus” — B Seriyaga tushirib yuborish va mavsumni -30 ochko bilan boshlash, YCHL (2006/07) ishtirokidan mahrum qilish, ikkita uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish, Italiya chempionatining so‘nggi ikki chempionligidan mahrum qilish;
    • “Milan” — 2005/06-yilgi mavsumdagi 44 ochkosidan mahrum qilish, keyingi mavsumni -15 ochko bilan boshlash, 2006/07-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasidan diskvalifikatsiya qilish, bitta uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish;
    • “Fiorentina” — B Seriyaga tushirib yuborish va mavsumni -12 ochko bilan boshlash, 2006/07-yilgi mavsumda YCHL ishtirokidan mahrum qilish, ikkita uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish;
    • “Latsio” — B Seriyaga tushirib yuborish va mavsumni -7 ochko bilan boshlash, 2006/07-yilgi mavsum UEFA Kubogida ishtirok etishdan mahrum qilish;
    • “Rejina” — mavsumni -15 ochko bilan boshlash.
    Foto: Twitter

    Appelyatsiyalardan so‘ng yakuniy qaror quyidagicha ko‘rinish oldi:

    • “Yuventus” — B Seriyaga tushirib yuborish va mavsumni -9 ochko bilan boshlash, YCHL (2006/07) ishtirokidan mahrum qilish, ikkita uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish, Italiya chempionatining so‘nggi ikki chempionligidan mahrum qilish;
    • “Milan” — 2005/06-yilgi mavsumdagi 30 ochkosidan mahrum qilish, keyingi mavsumni -8 ochko bilan boshlash, bitta uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish;
    • “Fiorentina” — mavsumni -15 ochko bilan boshlash, 2006/07-yilgi mavsumda YCHL ishtirokidan mahrum qilish, ikkita uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish;
    • “Latsio” — mavsumni -3 ochko bilan boshlash, 2006/07-yilgi mavsum UEFA Kubogida ishtirok etishdan mahrum qilish, ikkita uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish;
    • “Rejina” — mavsumni -11 ochko bilan boshlash va 100 ming yevro jarima.

    Shuningdek, klub va tashkilotlar vakillari ham jazolandi. Modji 5 yilga futboldan chetlatildi, “Yuventus” ijrochi direktori Antonio Jiraudo ham 5 yilga futboldan chetlatilgan va 20 ming yevro jarimaga tortilgan, Leonardo Meani (“Milan” vakili) va Klaudio Lotito (“Latsio” vakili) 2,5 yilga futboldan chetlatilgandi, Massimo de Santis (hakam) 4 yilga diskvalifikatsiya qilingan, Andrea Delle Valle (“Fiorentina” prezidenti) 3 yilga chetlatilgan, Adriano Galliani (“Milan” bosh direktori va bir vaqtda A Seriya prezidenti) 1 yilga chetlatilgan (keyinchalik 5 oyga qisqartirilgan). Faqatgina hakam Paolo Dondarini oqlandi.

    Kalchopoli oqibatlari

    Jazolar Italiyaning grand klublariga og‘ir zarba berdi. Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etmagan “Inter” keyingi to‘rtta Italiya chempionatida g‘olib chiqdi. Italiya terma jamoasi esa zarar ko‘rmadi va 2006-yilgi Jahon Chempionatida g‘alaba qozondi. Ma’lumot uchun, “Yuventus”ning diskvalifikatsiyasi haqidagi qaror Jahon Chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Italiya — Germaniya uchrashuvi o‘tkaziladigan kunda e’lon qilingan va bir qator jurnalistlar buni noo’rin deb hisoblagandi.

    “Yuventus” B Seriyaga tushib ketganidan keyin ko‘plab yetakchi futbolchilar jamoani tark etdi. Masalan, Janluka Zambrotta va Lilian Tyuram “Barselona”ga, Fabio Kannavaro va Emerson “Real Madrid”ga, Patrik Viyeyra va Zlatan Ibrahimovich “Inter”ga o‘tgandi. Jamoa murabbiyi Fabio Kapello ham Turin klubini tark etdi va “Real”ga o‘tdi.

    Biroq “Yuventus”ning bir qator yulduz futbolchilari sadoqat namoyish qildi: Alessandro del Pyero, Pavel Nedved, Janluiji Buffon, Mauro Kamoranezi va David Trezege jamoada qoldi. 

    Foto: Getty Images

    “Yuventus”ga yangi rahbarlar keldi: Jovanni Kobolli Jili, Jan-Klod Blan (bosh direktor) va boshqalar. Murabbiy sifatida jamoaning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Didye Desham tayinlandi. Tajribasi katta bo‘lmagan yangi murabbiy, yosh o‘yinchilar va mavsumni -9 ochko bilan boshlashiga qaramay “Yuventus” B Seriyada g‘olib bo‘ladi va A Seriyaga qaytadi.

    Oradan 17 yil o‘tib “Yuventus” yana shunday muammolarga aralashib qoldi. Turin klubi futbolchilarning transfer narxini oshirib ko‘rsatganlikda, shuningdek, xodimlarning xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni va futbolchilar maoshining haqiqiy hajmini yashirganlikda ayblanib, 15 ochkodan mahrum qilindi. Keyinroq jamoaga 15 ochko qaytarib berildi. Biroq tekshiruvlar hali yakuniga yetmagan va yakuniy qaror chiqarilmagan. Agar jamoa aybdor deb topilsa, bir mavsumga Yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin.

    11.05.2023, 09:27   Izoh (0)   5139
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YCHL. “Inter” yarim finalning dastlabki o‘yinida “Milan” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi 

    11.05.2023, 01:56

    “Uchmas golland” hikoyasi. Dennis Bergkampning futbolga kirib kelishi haqida

    10.05.2023, 23:46

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Bahodir Jalolov va yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim finalga yo‘l oldi, Shohjahon Abdullayev esa musobaqadagi yurishini to‘xtatd...

    10.05.2023, 22:00

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Mujibillo Tursunov rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, Oybek Jo‘rayev esa ispaniyalik bokschidan ustun keldi

    10.05.2023, 19:26

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Lazizbek Mullajonov 5 karra jahon chempionini mag‘lub etdi, yana ikki o‘zbekistonlik yarim finalga chiqdi

    10.05.2023, 17:14

    Rasman: Serxio Buskets 15 yillik faoliyatdan keyin “Barselona”ni tark etadi

    10.05.2023, 15:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.