Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final dastlabki bahsida “Real” va “Manchester Siti” jamoalari 9-may, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida Eduardo Kamavinganing qanotdagi faolligidan keyin Vinisius Junior ispan klubini oldinga olib chiqdi. Bunga mehmonlar 67-daqiqadagi gol bilan javob qaytardi: Ilkay Gundo‘g‘anning uzatmasini Kevin de Bryuyne darvozaga joylab qo‘ydi.
Qolgan vaqtda har ikki jamoa vakillarida golga tortadigan qator imkoniyatlar bo‘ldi, biroq hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 17-may, chorshanba kuni o‘tkaziladi. Chempionlar Ligasi yarim finalining boshqa juftligida “Milan” va “Inter” jamoalari o‘zaro bahs yuritadi.
YCHL
1/2 final, dastlabki o‘yin
9-may, seshanba
“Real Madrid” (Ispaniya) – “Manchester Siti” (Angliya) 1:1
Gollar: 1:0 – 36 Vinisius Junior, 1:1 – 67 de Bryuyne.
“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Nacho, Kamavinga, Modrich, Kroos (Tchuameni, 84), Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 81), Benzema.
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akanji, Stounz, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Holand.
Ogohlantirishlar: Kroos (45), Anchelotti (68), Gundo‘g‘an (71), Kamavinga (79), Bernardu Silva (86).
Izoh (0)