• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shu hafta Tracker va Onix avtomobillari sotuvi qayta tiklanishi kutilmoqda. Narxlar oshadimi?

    UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari sotuvini to‘xtatgani xabar qilingandi. Kompaniya vakili “Daryo”ga mazkur rusumdagi avtomobillar sotuvi joriy haftada tiklanishini aytgan. Hozirda aholi narxlari 420 million so‘mdan 1,1 milliard so‘mgacha bo‘lgan Malibu, Equinox, Traverse va Tahoe mashinalarini xarid qilishi mumkin.

    UzAuto Motors 2022-yilda hamyonbop modellardan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillari sotuvini to‘xtatib, Onix va Tracker uchun shartnomalar tuzishni boshlangandi. Biroq, joriy yil may oyi boshidan narxi 207 million so‘mlik Onix va 211 million so‘mlik Tracker sotuvi to‘xtab qolgan. Hozirda kompaniyadan narxlari 420 million so‘mdan 1,1 milliard so‘mgacha bo‘lgan Malibu, Equinox, Traverse va Tahoe avtomobillarini xarid qilish mumkin.

    “Autostrada.uz” nashrining yozishicha, kompaniya hamyonbop modellar uchun shartnomalar tuzishni to‘xtatish orqali avtomobillar narxlarini oshirishi mumkin.

    “Odatda shartnomalar chiqarishni tugatish inventarizatsiya va keyinchalik narxlarning oshishi vaqtida sodir bo‘ladi. Oxirgi 5 yil ichida UzAuto Motors turli bahonalar bilan narxlarni oshirishdan avval avtomobillar savdosini to‘xtatgan”, — deya xabar bergan manba.

    Kompaniya vakilining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, Onix va Tracker sotilmayotgani mazkur modellar jihozlarining yangilanayotgani bilan bog‘liq.

    “Tracker va Onix qo‘shimcha variantlar bilan sotuvga chiqariladi. Yangi variantlarda isitiladigan tashqi nometall, old o‘rindiqlar, tozalash zonasi, ikkinchi qator o‘rindiqlari, rul, olti tomonlama sozlanishi haydovchi o‘rindig‘i, karter himoyasi, Redline paketi bo‘ladi. Hozir yangi konfiguratsiyalar bo‘yicha shartnomalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, — deyiladi vakil izohida.

    Qo‘shimcha qilinishicha, yangi variantdagi avtomobillar narxlari avvalgisidan farq qiladi. Ammo mashinalar qimmatlashishi yoki arzonlashishi to‘g‘risida maʼlumot berilmagan. Sotuv esa joriy haftada tiklanishi kutilmoqda.

    UzAuto Motors’ning hamyonbop narxlardagi avtomobillarning sotuvdan olinishiga ijtimoiy tarmoq faollari ham munosabat bildirdi.

    Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, hozirda nafaqat kam daromadli, balki o‘rta daromadli aholiga ham avtomobil sotib olishda tanlov yo‘qolgan.

    “Endi nafaqat kam daromadli va o‘rtadan past, balki, o‘rta va o‘rtadan yuqori daromad egalari bo‘lgan o‘zbekistonliklar ham avtomobil sotib olishning tanlovsiz, yagona variantidan mosuvo bo‘lishdi. Hukumat aynan kam va o‘rta budjetli avtomobillar uchun juda yuqori boj to‘lovlari va cheklovlarini belgilagan. Qizig‘i, o‘zbekistonlik isteʼmolchilarga tupurib qo‘ygan monopolist UzAuto Motors erkin bozorlar hisoblangan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarboyjonda yangi va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etmoqda va kengaytirmoqda. O‘zbekistonliklarga yo‘q mashina, sanalgan davlatlar xaridorlari uchun bor va bemalol”, — deya fikr bildirgan iqtisodchi.

    Telegramdagi Davletov.uz kanali muallifi Qobil Hidirov shartnomalar qayta tiklansa, narxlar oshishi mumkinligini taxmin qildi.

    “UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun shartnoma berishni to‘xtatgan. Kompaniya buni yangi komplektatsiyadagi modellar uchun shartnomalar tez kunda ochilishi bilan izohlagan. Bunda isitish tizimi opsiyalari qo‘shilishi va redlayn pozitsiyalari nazarda tutilgan. Aftidan, narxlar yana oshadi”, — deb yozadi u.

    Kompaniya rasmiy sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Onix va Tracker avtomobillari uchun shartnoma berish to‘xtatilgani, sotuv qayta tiklansa, narxlar qanday bo‘lishi haqida xabar bermagan. 

    Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda Onix va Tracker avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida ilk bor 2019-yil iyunida maʼlum bo‘lgandi. Onix ilk bor sotuvga chiqqan 2022-yil 1-noyabr kuni avtomobil uchun rekord darajadagi — 28 mingdan ortiq shartnoma imzolangandi. Dastlab, Chevrolet Onix 9-12 ming dollar atrofida sotilishi xabar qilingan. Ammo shartnomalar to‘xtatilgunga qadar avtomobil 18 ming dollardan sotilgan.

    10.05.2023, 16:20   Izoh (0)   16848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    10.05.2023, 16:17

    “Samosud”: zo‘ravonlikka chora bormi?

    10.05.2023, 16:10

    Surxondaryo hokimi 18 ta topshirig‘i bajarilmagani uchun barcha o‘rinbosarlariga ogohlantirish berdi, bir nechta mansabdorlarni intizomiy jazoga tortdi

    10.05.2023, 15:20

    Jizzaxda Labo oqova suv quvuri sabab ag‘darilib ketdi

    10.05.2023, 15:20

    Andijonda innovatsion imtihon markazi ish boshladi

    10.05.2023, 15:10

    “Ochiq budjet” portali orqali ovoz berish har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladigan bo‘ldi

    10.05.2023, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.