Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 9-may kuni portlash sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
![](/static/2023-05-09 22.59.39.jpg)
Qayd etilishicha, “Yangiobod” mahallasida joylashgan tumangaz korxonasi hududida portlash sodir bo‘layotgani to‘g‘risida favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan, hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Izoh (0)