• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kripto

    Qanday qilib Butan Qirolligi kriptovalyutada millionlab dollarlarni yashirincha saqlagan?

    Butan dunyodagi eng izolyatsiya qilingan mamlakatlardan biridir. Qirollik o‘zining ajoyib manzaralari, tog‘ cho‘qqilaridagi monastirlari va hayot sifatining yangi yaxlit o‘lchovi — iqtisodiy o‘sishdan ko‘ra xalq farovonligini qadrlaydigan Yalpi milliy baxt indeksini yaratishi bilan mashhur.

    Foto: Getty Images

    Mamlakat iqtisodiyoti asosan qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga qurilgan bo‘lib, mobil aloqa atigi 20 yil oldin paydo bo‘lgan. Shuningdek, Butanda haligacha svetofor yo‘q.

    Butanning bunday xususiyatlari haqida bilgan holda, bu joyni shiddatli kriptovalyuta bozori bilan bog‘lash qiyin. Shunga qaramay, o‘tgan yil davomida “dunyodagi eng baxtli mamlakat” yashirincha millionlab dollarlarni bitkoin, efirium va boshqa raqamli aktivlarga sarmoya kiritgan. 

    Bu jarayon qanday amalga oshirilayotgani haqida “Daryo” sharhida tanishing.

    Hujjatlarga ko‘ra, Butanning 2,9 milliard dollarlik milliy investitsiya bo‘limi bankrot bo‘lgan BlockFi va Celsius kriptovalyuta birjalarining mijozi bo‘lgan. Bu esa hech qachon oshkor etilmagan.

    Butanning milliy ramzi, mifologik momaqaldiroq ajdahosi nomi bilan atalgan Druk Holding & Investments (DHI) kompaniyasi mavjud. U o‘z aktivlari portfeliga ega — mahalliy pishloq zavodi, bir nechta gidroelektrostansiyalar va jami beshta samolyotga ega Royal Butan Airlines.

    DHI 2007-yilda qirol Jigme Khesar Namgel Vangchukning qirollik ustavi ruxsati bilan tashkil etilgan. Uning maqsadi “aksiyadorlari — Butan xalqining uzoq muddatli manfaati” uchun mamlakat boyligini saqlab qolish edi.

    Kompaniya ko‘proq davlat korxonasi kabi faoliyat olib borsa ham, o‘zini suveren jamg‘arma deb ataydi. Bugungi kunda u 21 ta mahalliy kompaniyani nazorat qiladi.

    Foto: TradingView

    Biroq 2022-yildan beri DHI yashirin ravishda raqamli aktivlar portfelini yaratishni boshlagan. Bu tasodifan o‘tgan yili kriptovalyuta “infeksiyasi” paytida yuzaga kelgan. O‘sha davrda ko‘plab kompaniyalarni, jumladan FTX va yirik kriptovalyuta qarz beruvchi Voyager’ni bankrot qilgan.

    DHI aktivlari Butanning so‘nggi modernizatsiya tashabbuslari, masalan, birinchi foydalanuvchi yetti yoshli valiahd shahzoda bo‘lgan yagona biometrik tizim bilan bog‘liqligi aniq emas. 

    Biroq bu sirning oshkor etilishi yopiq mamlakatning notinch kriptovalyuta bozori bilan aloqasi haqida ko‘plab savollar tug‘diradi.

    Joriy yilning martida, FTXdan bir necha kun o‘tgach noyabr oyida bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan BlockFi advokatlari Butan qirollik poytaxti Thimphu shahrida DHI ustidan shikoyat qildi. BlockFi fondni 30 million dollarlik kreditni to‘lamaganlikda ayblaydi.

    Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, 2022-yil fevral oyida DHI USDC stabilkoinida 30 million dollarlik kredit oldi, u 1:1 nisbatda AQSH dollariga bog‘langan. 

    Biroq BlockFi kreditor 1 888 bitkoin (qarz berilgan vaqtda 76,5 million dollar) garovini tugatgandan keyin ham fond 820 ming dollarlik kredit qoldig‘ini to‘lashni “rad etgan” deb da’vo qilmoqda.

    Bizda holat yuzasidaz hech qanday qo‘shimcha yo‘q, chunki BlockFi bilan bog‘liq muammo allaqachon hal qilingan. Maxfiylik qoidalariga ko‘ra, biz boshqa izoh bera olmaymiz, — dedi DHI bosh direktori Ujval Dip Dahal.

    DHI nima uchun 30 million dollarga muhtojligi, fond qarzni to‘laganmi yoki kriptoaktivlar qanday sotib olingani noma’lumligicha qolmoqda.

    Foto: Forbes

    Forbesga ko‘ra, BlockFi advokatlari sharh berish uchun takroriy so‘rovlarga javob bermagan. DHI kredit shartnomasi ham maxfiyligicha qolmoqda. Hozircha DHI to‘lanmagan qarzni undirishga urinayotgan birjaning yagona maqsadiga aylangan.

    Bundan bir necha oy oldin, DHI 2022-yil iyul oyida Celsius’ning institutsional mijozi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Celsius bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan va muvaffaqiyatsiz investitsiyalar va bozor qulashini ayblagan dunyodagi eng yirik kriptovalyuta kreditorlaridan biri bo‘lgan.

    Oktyabr oyida Celsius 14 ming sahifadan ortiq foydalanuvchi ma’lumotlari, jumladan, hisob nomlari, manzillar va tranzaksiyalarni o‘z ichiga olgan hujjatni nashr etdi.

    Ushbu yozuvlar shuni ko‘rsatdiki, DHI, shuningdek, Druk Project Fund deb nomlangan hisob 2022-yil aprel va iyun oylari orasida o‘nlab operatsiyalarni amalga oshirgan — BTC, ETH, USDT va boshqa kriptovalyutalarda depozitlar, pul yechib olish va kreditlar olish kabi. 

    Ushbu uch oy davomida DHI 65 million dollardan ortiq mablag‘ni qaytarib oldi va raqamli aktivlarga deyarli 18 million dollar sarmoya kiritdi.

    DHIning kriptoga o‘n millionlab dollar sarmoya kiritishi xolding kompaniyasi uchun mahalliy biznesni ilgari surishda “g‘alati” harakatdir. Agar kompaniya haqiqatan ham suveren boylik jamg‘armasi bo‘lsa, unda bunday tashkilot to‘g‘ridan to‘g‘ri kriptovalyutaga egalik qilishi tarixda birinchi marta sodir bo‘ladi.

    Boylikni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar uzoq vaqtdan beri davlat tomonidan moliyalashtiriladigan mablag‘lar kriptovalyutalarni sotib olishni boshlaganini taxmin qilmoqda.

    Suveren jamg‘armalar xalqaro forumi (IFSWF) prezidenti Dunkan Bonfildning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bunday mablag‘lar kriptovalyutalarga ega bo‘lgan kompaniyalarning ulushlarini qo‘lga kiritish holatlari mavjud.

    Eng yorqin misol Norvegiya davlat pensiya jamg‘armasi (GPFG), dunyodagi eng yirik suveren jamg‘armalardan biri.

    2020-yil holatiga ko‘ra, fond bilvosita 600 bitkoinga egalik qiladi, chunki u MicroStrategy biznes razvedka kompaniyasining aksiyadori edi. 

    Bundan tashqari, o‘tgan yili Singapurning Temasek suveren jamg‘armasi 403 milliard dollarga baholanib, kriptovalyutalarga sarmoya kiritish haqidagi mish-mishlarni rad etadi.

    Biz aktivlar sinfi sifatida kriptovalyutalarga hech qanday qiziqish bildirmadik va bizning a’zolarimizdan hech biri kriptoaktivlarga ega emasligiga ishonamiz, — deb tan oldi Bonfild.

    Xitoy, Nepal va Hindiston o‘rtasida joylashgan Butan Budda Qirolligi o‘z iqtisodini turizm orqali yuksaltirish maqsadida 1974-yilda chet elliklar uchun chegaralarini ochgan.

    Pandemiya natijasida xorijliklarning mamlakatga kelishi vaqtinchalik taqiqlanishidan oldin turizm gidroenergetika va qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda eng daromadli sohalardan biriga aylangan. 

    Bir nechta doimiy hamkorliklar Butan kriptovalyutadan ham shunga o‘xshash foyda ko‘rishini ko‘rsatadi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda DHI “Butan aksiyadorlari o‘rtasida bilim darajasini oshirish” va “kelgusi yillarda ta’lim va investitsiyalar orqali biznesni jalb qilish” uchun blokcheyn tarafdorlari yig‘ilishini tashkil qilgan.

    Bir yil o‘tgach, Ripple kriptovalyuta almashinuvi Butan bilan o‘zining XRP Ledger tarmog‘ida qurilgan “markaziy bank raqamli valyutasini” sinab ko‘rish uchun hamkorlik e’lon qilgan.

    2020-yildan beri Ripple ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) bilan sud jarayoniga qo‘shilgan. Kompaniya kriptobirjalariga “hujum” deb atagan narsaga qarshi kurashish niyatida ekanligini aytdi. Ko‘p o‘tmay, Butan NFTs bilan tajriba o‘tkaza boshladi va uglerod krediti uchun blokcheyndan foydalanishni boshladi.

    DHI va Ripple vakillari o‘zaro hamkorlik va ularning pilot loyiha ustidagi ishlari davom etayotgani haqidagi savollarga javob bermadi.

    Avvalroq bankrot bo‘lgan FTX kriptobirjasi xakerlarni 415 mln dollar o‘g‘irlashda ayblagani haqida xabar berilgandi.

    08.05.2023, 22:31   Izoh (0)   20153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bitkoin 10 oy ichida ilk bor 30 ming dollardan oshdi

    11.04.2023, 11:23

    Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi

    29.03.2023, 21:33

    Binance dasturiy ta’minotdagi muammolar sabab savdolarni bir necha soatga to‘xtatdi

    24.03.2023, 22:05

    Bitkoin narxi iyundan beri ilk bor 26 ming dollardan oshdi

    14.03.2023, 19:32

    Bitkoin narxi ikki oy ichida birinchi marta 20 000 dollardan pastladi

    10.03.2023, 18:48

    Bitkoin olti oydan beri ilk bor 25 ming dollarga yaqinlashdi

    16.02.2023, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.