• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Noma’lum zodagon ayoldan qirolning rafiqasiga qadar: Qirolicha Kamilla Parker-Boulz haqida nimalar ma’lum?

    Kamilla Parker-Boulz olijanob zodagonlar oilasida voyaga yetgan. Uning otasi Britaniya armiyasida mayor bo‘lgan, gersoginyaning qarindoshlari orasida hurmatli lordlar ham, rassomlar ham bor. Shunga qaramay Kamillaning kelib chiqishi qirolicha Yelizaveta II ga mutlaqo yoqmagan, shuning uchun shahzoda Charlzga u bilan turmush qurishga ruxsat berilmagan.

    Foto: Getty Images

    70-yillarning boshlarida Kamilla va Charlz allaqachon yaqin munosabatlar bilan bog‘langan edi. Charlz Kamillani aqldan ozar darajada sevgan, ammo onasiga qarshi turolmagan. Rad etilgan kelin qayg‘uga botmadi: 1973-yilda bo‘lajak gersoginya Endryu Parker-Boulzga turmushga chiqdi. Bu orada Kamilla shahzodaga qasdma-qasdiga bu nikohga rozi bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

    Shu bilan sevgi hikoyasi tugaganga o‘xshardi: Kamilla ikki farzandli bo‘ladi, Charlz malika Dianaga uylanadi. Biroq bunday kuchli his-tuyg‘ular kamdan kam hollarda unutiladi. 80-yillarda Charlz va Kamilla yashirincha uchrashishni boshladi. Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak qirol doimiy ravishda Kamillaga qo‘ng‘iroq qilib, usiz yashay olmasligini aytgan.

    Kamillaning birinchi nikohi 22 yil davom etgan
    Foto: Getty Images

    Putur yetgan obro‘

    Ertami-kechmi Diana bu haqda bilib qolishi aniq edi. Malika Diana erining ko‘p yillik xiyonatiga amin bo‘lgach, chuqur depressiyaga tushib qoladi. Diananing bu boradagi intervyusi esa hech kimni befarq qoldirmadi, intervyuda oilasining buzilishiga sababchi bo‘lgan Charlz va uning o‘rtasidagi uchinchi shaxs haqida gapiradi. Bu gaplar Kamillaning obro‘siga birinchi zarba bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    1997-yilda Diana kutilmaganda vafot etganida Parker-Boulzga malomat toshlar yog‘ildi. Qalblar malikasining fojiali taqdiri butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni hayratda qoldirdi. Sodir bo‘lgan voqeada yuraklari ezilgan muxlislar qirolichani, Charlz yoki Diananing o‘zini emas, balki Kamilla Parker-Boulzni ayblaydilar.

    Paparatsilar uni hamma joyda kuzatishar, jurnalistlar kechasi bilan Kamillaning uyi yonida poylashardi. Bu vaqtga kelib, ayol eridan ajrashgandi, ammo aniq sabablarga ko‘ra u Charlz bilan uchrasha olmasdi. Natijada u yolg‘iz o‘zi bu tahqirlarga dosh berishga majbur bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Qirol oilasining muxlislari Qirollik oilasi Kamilladan nafratlanishlariga amin edilar. Ammo malika Diananing bolalari bir necha bor o‘gay onasini himoya qilib, uni mehribon va ajoyib inson deb atashdi.

    “To‘g‘risini aytsam, Uilyam va men u bilan doim juda yaxshi, yaqin munosabatda bo‘lganmiz. U yomon o‘gay ona emas. Menga ham, Uilyamga ham achinishingiz shart emas, yaxshisi, unga mehr ko‘rsating. U ajoyib ayol va otamni ko‘nglini topa oladi — biz uchun eng muhimi shu. Uilyam va men uni tasavvur qilganingizdan ham ko‘proq yaxshi ko‘ramiz”, — deydi shahzoda Garri intervyusida.

    Oilaga qabul qilish

    Foto: Getty Images

    Aytgancha, Uilyam ham, Garri ham 2005-yilda Charlz va Kamillaning to‘yida ishtirok etgan. Ammo qirolicha tadbirda qatnashmaydi. Aytgancha, Yelizaveta II va Parker Boulz o‘rtasidagi keskin munosabatlar haqidagi mish-mishlar qirolichaning vafotigacha tinmadi. Taxminlarga ko‘ra, malika o‘g‘lining tanlovini qabul qilmagan. Biroq davlat rahbari taxtga o‘tirganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda aytgan so‘zlari buning aksini aytdi.

    “Vaqti yetib o‘g‘lim Charlz qirol bo‘lganda, umid qilamanki, siz unga va uning rafiqasi Kamillaga ham menga bergan yordamingizni ayamaysiz. Samimiy tilagim shundaki, o‘sha payt kelganda Kamilla konsort qirolicha sifatida o‘zining sodiq xizmatini davom ettiradi”, — degan qirolicha

    Ularning noqonuniy o‘g‘li bo‘lganmi?

    Foto: Getty Images

    Aytgancha, merosxo‘rlar haqida: 2019-yilda bir kishi shahzoda Charlz va Kamilla Parker-Boulzning noqonuniy o‘g‘li ekanligini da’vo qilgan edi. Uning aytishicha, 1967-yilda Charlz va Kamilla janjalning oldini olish uchun uni, ya’ni Saymon Dorante-Dayni homiylik ostidagi oilaga berishgan.

    “Buvim saroyda ishlagan. Men unga juda yaqin edim, u menga Kamilla va Charlzning farzandi ekanligimni ko‘p marta aytardi. U shunchaki ishora qilmasdi, to‘g‘ridan to‘g‘ri aytardi”, — dedi Saymon jurnalistlarga 18 oyligida Karen va Devid Day tomonidan asrab olinganligini ta’kidlab.

    Saymonning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘li Liam Yelizaveta II ga juda o‘xshaydi
    Foto: Getty Images

    Saroyda noqonuniy merosxo‘rning paydo bo‘lishiga shubha bilan qaraldi va genetik tekshiruvdan o‘tkazish rad etildi. O‘jar Saymon qirollik juftligi shunchaki o‘z obro‘siga putur yetkazmoqchi emas, shuning uchun bunga e’tibor berishmadi, degan gap tarqatdi.

    Yangi mavqe

    Foto: Getty Images

    Kamilla muntazam ravishda ijtimoiy tadbirlarda qatnashadi va bir nechta xayriya jamg‘armalarining ishlarini boshqaradi. Vaqt o‘tishi bilan jamiyatda gersoginyaga bo‘lgan munosabat yaxshilandi: endi hatto Diananing muxlislari ham Kamilla sevgisi uchun nohaq ayblanganini tushunishdi.

    Foto: Getty Images

    Garchi qirolning turmush o‘rtog‘i unvoni Kamillaga yangi rasmiy vazifalar yuklamasa ham, u norasmiy burchini bajarishi kerak: hukmronligi davrida erini qo‘llab-quvvatlash. Shunday qilib, faol ijtimoiy faoliyati bilan tanilgan shahzoda Filipp va shahzoda Albert bu yukni a’lo darajada uddalashdi.

    6-may kuni Charlz III ning rafiqasiga ham yangi monarxning taxtga o‘tirgani munosabati bilan toj kiydirildi. Ehtimol, shu bilan Kamilla va Diananing dushmanlik munosabati haqidagi gaplar ortda qolar.

    Foto: Getty Images
    08.05.2023, 10:35   Izoh (0)   7531
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yubka kiygan rotveyler” — bir paytlar britaniyaliklarning birinchi raqamli dushmani bo‘lgan Kamilla Parker-Boulz haqida nimalarni bilamiz?

    15.04.2023, 09:35

    “Ko‘chada, metroda, hatto Bukingem saroyida tunardim”. Mashhurlikdan avval yashash joyi bo‘lmagan Gollivud yulduzlari (foto)

    07.05.2023, 16:03

    Iqtidorli otaning iste’dodli qizi: Anil Kapurning qizi Sonam Kapur qanday qilib Bollivudda mashhurlikka erishdi? 

    07.05.2023, 12:30

    Instagram: 73 yoshni qarshi olgan Salimboyvachcha, uchinchi marta ona bo‘ladigan Xonzoda, “Qalpoq”da Jahongir Otajonovga parodiya

    07.05.2023, 10:25

    Gollivud aktrisasi Skarlett Yoxansson ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgani haqida so‘zlab berdi

    06.05.2023, 21:59

    Swarovski 23 000 dollarlik O‘rgimchak odam haykalchasini taqdim etdi (foto)

    06.05.2023, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.