O‘zbekistonda limon eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 681 tonnaga oshdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,2 ming tonna limon eksport qilgan. Limon eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 681 tonnaga oshgan.
2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya — 1,7 ming tonna;
- Qirg‘iziston — 298 tonna;
- Qozog‘iston — 214 tonna.
O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish prognozlari e’lon qilingan edi. Statistika agentligi hisobotiga ko‘ra, 2023-yilning 1-choragi yakunlariga bo‘yicha O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YIM) o‘sishi 5,5 foizni tashkil etdi. Sanoatda o‘sish — 4,1 foiz, qishloq xo‘jaligida — 3,2 foiz, chakana savdo aylanmasida — 5,2 foiz, qurilishda — 4,5 foiz. 1-chorakda inflyatsiya 2,4 foizni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi 2,9 foizdan kamaydi. Tashqi savdo aylanmasi 11,9 foizga o‘sdi.
2023-yilning birinchi yarmi uchun O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning haftalik o‘sishi prognozi

Avvalroq Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 5,3 foizga o‘sishini prognoz qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)