Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 28-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 3-may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Manchester Siti” o‘z maydonida “Vest Hem”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida 0:0 hisobi qayd etildi. Ikkinchi bo‘limda esa “shaharliklar” gollar shousini namoyish etdi. Dastlab 50-daqiqada Natan Ake gol urgan bo‘lsa, 70-daqiqada Erling Holand o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 85-daqiqada Fil Foden hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
“Liverpul” esa qoldirilgan tur o‘yinida “Fulhem”ni qabul qildi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Mersisaydliklar safida yagona gol Muhammad Saloh hisobiga yozildi. Misrlik futbolchi 39-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.
Pep Gvardiola shogirdlari ochkolarini 79 taga yetkazdi va musobaqa peshqadamligini qo‘lga oldi. “Qizillar” esa ochkolari sonini 59 taga yetkazdi va 5-pog‘onada bormoqda.
APL
Qoldirilgan 28-tur o‘yinlari
3-may, chorshanba
“Manchester Siti” – “Vest Hem” 3:0
Gollar: 1:0 – 50 Ake, 2:0 – 70 Holand, 3:0 – 85 Foden.
“Manchester Siti”: Ortega, Uoker, Ake (Akanji, 77), Ruben Diash, Stounz, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Marez, Holand, Alvares (Foden, 77).
“Vest Hem”: Fabianski, Soufal (Jonson, 62), Ogbonna, Kerer, Kressuell, Emerson, Fornals, Lukas Paketa, Dauns, Bouen (Benrahma, 79), Antonio (Ingz, 67).
Ogohlantirishlar: Dauns (49).
“Liverpul” – “Fulhem” 1:0
Gol: 1:0 – 39 Saloh (penalti).
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Simikas (Robertson, 66), Henderson, Fabinyo, Djons (Milner, 84), Saloh (Elliott, 84), Dias (Gakpo, 66), Nunyes (Diogu Jota, 83).
“Fulhem”: Leno, Soaresh, Adarabioyo, Diop, Robinson, Kerni (Dekordova-Rid, 71), Uilson (Kebano, 71), Lukich (Rid, 71), Palinya, Villian (Jeyms, 80), Vinisius (Solomon, 79).
Izoh (0)