Rossiyaning Bryansk viloyatidagi temiryo‘lda yana portlash sodir bo‘lgan. Viloyat rahbari Aleksandr Bogomaz “Snejetskaya” stansiyasida “noma’lum portlovchi qurilma” ishga tushib ketganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hech kimga jarohat yetmagan, lokomotiv va bir nechta yuk mashinasi relsdan chiqib ketgan.
Baza nashrining yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 19:48 da “Snejetskaya” stansiyasi yaqinida yuk poyezdi Bryansk—Karachev yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan vaqtda uchta portlovchi qurilma ishga tushgan.
“Rossiya temiryo‘llari” Bryanks viloyatidagi “temiryo‘l transporti ishiga noqonuniy aralashish” haqida ma’lum qildi. “RBK”ning yozishicha, lokomotiv va 20 ga yaqin vagon relsdan chiqib ketgan. Datlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, ochiq yong‘in holatlari kuzatilmagan.
1-may kuni Bryansk—Unecha uchastkasining 136-kilometrida neft mahsulotlari va pilomateriallarni olib ketayotgan yuk tarkibi relsdan chiqib ketgandi. Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz temiryo‘l portlatilganini aytgan.
Izoh (0)