• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Deport, 10 yilga taqiq va jarima”. Haj ibodatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston fuqarolarini haj va umra amallarini bajarishda turli reklama va e’lonlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

    Qayd etilishicha, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj ibodatini tashkil etish to‘g‘risida reklama va eʼlonlar ko‘paymoqda. Mazkur xabarlarda haj safariga jo‘natishga oid yangiliklar, to‘lovlarni qabul qilish shakli va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida asossiz maʼlumotlar taqdim etilmoqda.

    O‘zbekistonda haj va umra tadbirlarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli “Haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.

    Mazkur hujjat asosida tuzilgan haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi aʼzolari qatorida ushbu muqaddas ibodatlarni uyushtirish bevosita Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklangan.

    Mazkur tashkilotlarga haj va umra mavsumida ziyoratchilarning sog‘-salomat va ibodatlarini to‘la-to‘kis bajarib kelishini taʼminlash maqsadida, Saudiya Arabistonidagi tegishli vazirliklar bilan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar, mehmonxonalar, transport va oziq-ovqat korxonalari bilan shartnomalar tuzish vakolati berilgan.

    Shu bois, haj va umra mavsumlarida diyorimiz ziyoratchilarini kuzatish va kutib olish ishlarini tashkil etish, shu jumladan ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda bo‘lishi va qaytib kelishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Qayd etish kerakki, Saudiya Arabistoni qonunchiligiga ko‘ra ham, haj safari dunyo davlatlarining vakolatli tashkilotlari bilan mazkur mamlakatning Haj va umra vazirligi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mazkur kelishuvlar asosida tashkil etilmagan haj ziyoratiga urinish ushbu ulug‘ amalning eng muhim ruknlari bo‘lmish — Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ibodat qilish imkoniyatini bermaydi.

    Saudiya Arabistoni hududida haj tartiblarini buzish esa ushbu mamlakat qonunchiligi asosida chora ko‘rilishiga olib keladi. Shu bois, haj tadbirini tashkil etish vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi. Mazkur tashkilotlar tomonidan haj ibodatini tashkil etishga urinish esa amaldagi qonun hujjatlariga ziddir.

    Shuningdek, muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 000 saudiya riyoli (26 ming dollar) miqdorida jarima solishga olib keladi.

    “Biz ibodatlaringiz mukammal, safaringiz xavfsiz va xotirjam bo‘lishi tarafdorimiz. Sizga turli aldovlarga uchmasdan, hukumat ko‘magida tashkil etilayotgan rasmiy, xavfsiz va ishonchli safarni ado etishni tavsiya etamiz”, — deyiladi xabarda.

    Fevral oxirlarida Toshkentda Umraga borish uchun aviachipta olmoqchi bo‘lgan 50 kishi aldangani, Andijonda Umraga bormoqchi bo‘lganlarning 1,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    01.05.2023, 12:20   Izoh (0)   34357
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2022-yilda 12 mingdan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchi Hajga bordi

    11.01.2023, 10:55

    O‘zbekistonda ramazon oyida 1400 nafar kam ta’minlangan fuqaro umra ziyoratiga yuborildi

    28.04.2023, 20:16

    Namanganda bolalar o‘g‘risi paydo bo‘lgani aytilgan xabarlar rad etildi

    01.05.2023, 11:50

    O‘zbekistonda o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi  

    01.05.2023, 11:28

    “O‘zgidromet” 2-mayda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi 

    01.05.2023, 10:50

    Toshkentda maktab o‘quvchilari “Amerika kinosiga taqlid qilib” mushtlashuv uyushtirdi

    01.05.2023, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.