Bugun, 30-aprel kuni O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi uchun referendum bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jarayonlar nafaqat O‘zbekiston hududlari, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi O‘zbekiston elchixonalarida tashkil etildi, ularning ayrimlarida ovoz berish endi boshlangan bo‘lsa, qolganlarida davom etmoqda.
Xususan, Germaniya poytaxti Berlin shahridagi O‘zbekiston elchixonasida ham yangi tahrirdagi Konstitutsiya uchun ovoz berish jarayoni o‘tkazildi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya moddalari soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalari 275 tadan 434 taga oshdi. Yaʼni asosiy qonunning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
“Daryo” muxbiri Berlin shahridagi O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonidan suratlarni taqdim etadi.
Izoh (0)