O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan 2–3-may kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturida Berlin shahrida prezident Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi, xalqaro kun tartibining turli jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan innovatsion-texnologik sheriklikni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu maqsadda davlatimiz rahbari ushbu mamlakat biznesining yetakchilari bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi.
Tashrif chog‘ida Jeyms Simons galereyasida “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko‘rgazmaning ochilishi ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)