• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkiyaning evakuatsiya samolyoti Sudanda o‘qqa tutildi

    Turkiya Mudofaa vazirligi C-130 evakuatsiya samolyoti Sudanda o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

    Foto: commons.wikimedia.org / Bidini

    Sudan ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, samolyot Xartum shimolidagi harbiy aerodromga qo‘nish chog‘ida o‘qqa tutilishi natijasida shikastlangan, ekipajning bir a’zosi yaralangan.

    Sudan armiyasi tezkor harakat kuchlarini (RSF) samolyotga o‘t ochishda va uning yonilg‘i tizimiga zarar yetkazganlikda ayblagan. RSF ayblovlarni rad etib, ular kengaytirilgan gumanitar sulhga sodiq ekanini bildirgan.

    “Fuqarolarimizni evakuatsiya qilish uchun Vadi-Saidna aeroportiga yo‘l olgan C-130 evakuatsiya samolyotimiz o‘qqa tutilgan. Samolyot xavfsiz qo‘ngan. Xodimlarimiz jabrlanmagan”, — deyiladi Turkiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

    Sudanda 15-apreldan beri Muhammad Hamdan Daglo qo‘mondonligidagi Tezkor harakat kuchlari va armiya o‘rtasida janglar davom etmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziriga ko‘ra, to‘qnashuvlar qurbonlari soni 600 nafarga yetgan.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qurolli mojarolar davomida 459 kishi halok bo‘lgani, 4072 kishi jarohatlanganini aytmoqda. Sudan shifokorlari kasaba uyushmasiga ko‘ra, to‘qnashuvlar boshlanganidan beri 256 kishi halok bo‘lgan.

    Mojaro nima sababdan boshlandi?

    Qurolli mojaro mamlakatning amaldagi prezidenti, muntazam armiyani nazorat qiluvchi general Abdul Fattoh al-Burxon va uning o‘rinbosari, “Tezkor harakat kuchlari” qo‘mondoni general Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi natijasida yuzaga kelgan.

    Ular 2021-yil oktabrda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga kelgandi, ammo asta-sekin davlatni boshqarish bo‘yicha kelishmovchilik kelib chiqib, fuqarolik boshqaruviga o‘tish taklif qilindi.

    Qarama-qarshilikning keskin bosqichi Dagalo 100 mingga yaqin odamni tashkil etuvchi “Tezkor harakat kuchlarini” butun mamlakat bo‘ylab joylashtirganidan keyin boshlandi, al-Burxon buni tahdid sifatida qabul qildi.

    Har ikki tomon Xartumdagi muhim obyektlar ustidan nazoratni qo‘lga olganini da’vo qilmoqda, ammo kim nimani nazorat qilayotgani hali noma’lum.

    Asosiy janglar shahar markazida joylashgan Xartum aeroporti hududida kechmoqda. U yer va boshqa bir qator joylardan osmonga muntazam qora tutun ko‘tarilmoqda. Ko‘chalarda og‘ir zirhli mashinalar harakatlanmoqda.

    28.04.2023, 22:32   Izoh (0)   7056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sudandagi mojaro: Yevropa Ittifoqi elchisi hujumga uchradi, Xartumda yondirilgan samolyotlar surati e’lon qilindi

    18.04.2023, 12:18

    Saudiya Arabistoni Sudandagi fuqarolarini evakuatsiya qildi

    24.04.2023, 22:17

    Sudanda jangarilar xavfli kasallik namunalari saqlangan laboratoriyani egallab oldi

    25.04.2023, 19:26

    Putinning qizlariga tegishli kompaniyalar urush yilida rekord daromad topdi — OAV 

    28.04.2023, 21:36

    Qozog‘istonda sobiq general 10 yilga qamaldi  

    28.04.2023, 21:10

    Yevroittifoq taqiqlangan tovarlarni Rossiyaga reeksport qiluvchi davlatlarga sanksiya qo‘llamoqchi — FT

    28.04.2023, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.