O‘zbekiston va Rossiya sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, tibbiyot, biologiya sohalarida hamkorlikda loyihalarni amalga oshiradi.
Xabarga ko‘ra, Navoiy Yoshlar Texnoparki va Rossiyaning O‘quv uskunalari, o‘quv jihozlarini taʼlim tashkilotlariga yetkazib beruvchi sanoat korxonalari milliy uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida tashkilotlararo sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda tibbiyot va biologiya sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning turli sohalarida prognostik diagnostika texnologiyalarini o‘rganish va joriy etish va shu sohalarda tajriba almashish uchun qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, jumladan ustuvor innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va yaratilgan innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarni joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga kelishib olindi.
Izoh (0)