“O‘zgidromet” 27-aprel, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 29-34 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)