Farg‘ona viloyatidagi korxonalardan birida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, isteʼmolchilar o‘rasida gaz taʼminoti tizimiga noqonuniy ulanishlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlari barcha hududlarda davom etmoqda. “Hududgaztaʼminot” AJning Farg‘ona viloyati filiali xodimlari hamda DXX vakillari bilan birgalikda navbatdagi reyd O‘zbekiston tumanida o‘tkazildi.
“Yuqori tulash” qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan korxonalardan birida xumdon va 17 ta gaz yondirgichlari aniqlandi. Ular orqali noqonuniy ohak pishirish ishlari amalga oshirilgan edi. Maʼlum bo‘lishicha, xo‘jalik “Finiks Gold Kokand” MCHJga tegishli.
Hozirgi vaqtda isteʼmol qilingan tabiiy gazning haqiqiy hajmi, shuningdek gaz taʼminoti korxonasiga yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilinmoqda. Holat yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar maʼmuriy tarzda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Izoh (0)