Ucell kompaniyasi Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonlik. Generating Ideas” xalqaro forumida O‘zbekistondan tashrif buyurib, ishtirok etgan Uzbekistan’s Club media rezidentlarini mamlakatimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib turishlari uchun rouming tizimi yoqilgan maxsus SIM-kartalar bilan ta’minladi.
Tadbir ishtirokchilari forum vaqtida sifatli aloqa va internetdan foydalanishlari uchun kompaniya tomonidan taqdim etilgan xizmatlardan foydalanishdi. Bundan tashqari kompaniya forum doirasida bo‘lib o‘tgan “Ilg‘or texnologiyalar” mavzusidagi muhokamalar panelini o‘tkazishda bosh-qosh bo‘ldi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston rivoji uchun yordam berishi mumkin bo‘lgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi va takliflar bildirildi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)