Toshkent shahri Yangihayot tumanida 12-aprel kuni ikki qiz boshqa bir qizni “samosud” qildi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2006-yilda tug‘ilgan H.S. va 2007-yilda tug‘ilgan D.U. qurilishi tugallanmagan obyekt hududida jamoat tartibini buzib voyaga yetmagan 2009-yilda tug‘ilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham holat yuzasidan munosabat bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, maktab ma’muriyati ushbu holatdan 12-aprel kuni kechki vaqtda xabar topgan.
13-aprel kuni maktab ma’muriyati janjal ishtirokchilarining ota-onalarini chaqirtirib, ular bilan tushuntirish ishlarini olib borgan. Voqea yuzasidan Yangihayot tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga murojaat qilingan.
Izoh (0)