• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sayohat

    Xudoning musofiri, payg‘ambar suygan xurmolar va 40 daqiqada qaytgan yaxshilik — “Daryo” muxbiri Makka va Madina taassurotlari haqida

    Saudiya Arabistonida bo‘lib qaytgan “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev safari davomida o‘zi guvoh bo‘lgan ibratli jihatlar va voqealarga eʼtibor qaratdi.

    Описание
    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    “Xush kelibsan, Xudoning musofiri!”

    Madina aeroportida “Xudoning musofiri, Muhammad payg‘ambar shahriga xush kelibsan!” deya yozib qo‘yilibdi. Bugungi kunda bu muqaddas manzilni makon tutgan ziyoratchilarning har beshinchisi o‘zbekistonlik yo boshqa davlatda yashovchi millatdoshimiz bo‘lsa ajab emas.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Ayrim mehmonxonalarda istiqomat qiluvchilarning deyarli bari o‘zbek. Baʼzan ko‘pdan beri ko‘rishmagan hamkasb, tanish yoki qarindoshingni aynan Madina yoki Madinada uchratasiz. Ikki muqaddas shahardagi do‘konlar sotuvchilari ham allaqachon o‘zbek tilini savdo-sotiq qiladigan darajada o‘zlashtirib olgan.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev
    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Xullas, ziyorat payti o‘zingizni Vatandan olisda, hijratda hisoblashga ham deyarli hojat yo‘q.

    Tuproqdan yaralganmiz, tuproqqa qaytamiz

    Madinada yer yuzidagi qabristonlarning eng afzali — “Jannat al-Boqiʼ” joylashgan. Bu yerda Rasullulohning oila aʼzolari, yaqinlari, sahobalar, tobeinlar, ulamolar va aziz-avliyolar dafn etilgan. Qabriston har qanday bezak va jimjimadan xoli, qabrlar faqat tuproq va toshdan iborat.

    “Jannat al-Boqiʼ” qabristoni
    Foto: Azizbek Abduvaliyev
    “Jannat al-Boqiʼ” qabristoni
    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Makkadagi “Jannatul Mualla” qabristonida ham shu holat. U yerda yashil daraxt ostida Xadicha onamiz dafn etilgan, buni faqat shu belgidan payqash mumkin, xolos.

    “Jannatul Mualla” qabristoni
    Foto: Azizbek Abduvaliyev

     Shuningdek, bu manzilda payg‘ambarimizning bobolari, amakilari va birinchi o‘g‘illari Qosimning qabrlari ham bor. 1926-yili ular dafn etilgan qabrlar tekislanib, maqbaralar buzib tashlangan. Buzish jarayonida birorta qabr vayron bo‘lmagani aytiladi.

    “Jannatul Mualla” qabristoni
    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Haj va umraga kelganlar bu yerni ham ziyorat qilishlari odat tusiga kirgan. Erkaklar ichkarida Qurʼon tilovat qilishlari mumkin, ayollarga esa qabristonga kirish man etilgan.

    “Mashinangizni turtib yubordim, uzr”

    Madinada ham, Makkada ham o‘zbekistonliklarni ajablantirishi mumkin bo‘lgan holat mahalliy aholining avtomobillarining ko‘rinishiga bo‘lgan befarqligi. Aksariyat mashinalarning qayeridir qirilgan, qayeridir pachoq bo‘lgan. Biroq ularni tuzatish yoki bo‘yatish hech kimning xayoliga ham kelmaydi.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev
    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Yo‘llarda haydovchilarning baqir-chaqiri, urush-janjali ko‘zga tashlanmaydi, quloqqa eshitilmaydi. Agar kimdir qaysidir mashinani turtib yuborsa, bir-biridan uzr-maʼzur so‘rab, yo‘lida davom etadi. Vaholanki, ular orasida qimmat rusumdagi avtomobillar ham bor.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Ziyoratchilarga bepul tarqatiladigan Qurʼon, payg‘ambar suygan xurmolar

    Madinadagi Qurʼoni karim nashr etish markazi butun dunyodan kelgan ziyoratchilar borishi odat tusiga kirgan manzillardan biri hisoblanadi.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev
    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Bu yerda yiliga 20 millionga yaqin nusxada Musʼhaf chop qilinadi. Ziyoratchilar markaz bosmaxonasida bo‘lib, muqaddas kitob qay tarzda chop etilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi mumkin. Chiqishda esa ularning har biriga Qurʼon hadya qilinadi.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Madina xurmolari bilan ham mashhur shahar hisoblanadi. Rasululloh barglari tushmasligi sabab uni musulmonga qiyos qilgan, xurmoni boshqa mevalarga qaraganda yaxshi ko‘rib isteʼmol qilgan. Madinada “Ajva” xurmosini ekkanlari, uning mevasi zahar va sehrni kesish xususiyatiga ega deb bilganlari aytiladi.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Ziyoratchilar Madina xurmozorlarida bo‘lib, payg‘ambar suygan xurmolardan totib ko‘rishlari va xarid qilishlari mumkin.

    “Makka jamoat kutubxonasi”

    Makkada, Kaʼbatulloh yaqinida joylashgan sariq tusdagi bino o‘rnidagi uyda bundan 1500-yil avval Rasullulloh dunyoga kelgan. U zot vafot etganlaridan so‘ng uy xalifa Xorun ar-Rashidning onasi tomonidan sotib olinadi va uning o‘rnida go‘zal masjid barpo etiladi. Biroq 1803-yili o‘sha payt Makkani egallab olganlar tarafidan buzib tashlanadi. Usmonlilar shaharni qaytarib olganidan so‘ng masjid to‘liq tiklanadi. Ammo 1924-yili tarix yana takrorlanadi.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Hozir bu yerda qad rostlagan bino “Makka jamoat kutubxonasi” deb nomlanadi. Lekin yaqin orada uning ochilganini hech kim ko‘rmagan. Faqat manzil tarixini bilganlar bu yerga kelib, duo-fotiha qilish, politsiya esa ularni haydash bilan ovora.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    “Omonat ofisi”

    Harami sharifda yo‘qolib qolgan odamlarni qidirish xizmati va topilmalar byurosi bor. Ikkinchisini bu yerda “Omonat ofisi” deyishadi. Ushbu idora 24 soat mobaynida ishlaydi va ziyoratchilarga yo‘qotib qo‘ygan buyumlarini topishda ko‘mak beradi. Bu yerda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q: karmonlar, pullar, sumkalar, soyabonlar, soatlar, telefonlar va hokazo. Guruhimizdagi sherigimiz Kaʼbani tavof etish chog‘ida qimmat smartfonini yo‘qotib qo‘ygach, mirshablarga murojaat qildik. Ular omonat idorasiga borishni maslahat berdi.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Tavofni yakunlab, telefon yo‘qolganidan chamasi bir soat o‘tganidan so‘ng bu manzilga yetib bordik. Bizga telefonlar taxlamini ko‘rsatishdi va ular orasidan sherigimizning smartfoni ham chiqib keldi. Uni olish uchun pasport yoki boshqa hujjatlar talab etilmadi: xodimga telefondagi fotolar ko‘rsatildi, olinganligi haqidagi tilxat to‘ldirildi va buyum qaytarib olindi. Guruhdoshimiz telefonini topib, tezda ushbu idoraga yetkazgan nomaʼlum haram xodimi yoki ziyoratchini duo qilganicha mehmonxonaga yo‘l oldi.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    40 daqiqada qaytgan yaxshilik

    Makkada yaxshilikni 40 kun yoki 40 soatda emas, 40 daqiqada qaytganiga guvoh bo‘ldim. Shahardagi yirik mehmonxonalar Kaʼbatullohga eltish uchun bepul va tun-kun ishlaydigan avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘ygan. Biroq Harami sharif hududi nihoyatda katta, odam esa juda ko‘p bo‘lgani uchun ayniqsa katta yoshdagi ziyoratchilar ko‘pincha adashishadi. Bomdod namozidan chiqayotsam, eshik oldida bir onaxon politsiyachiga nimanidir tushuntirolmay, xunob bo‘lib turgan ekan. Darrov oldilariga bordim va kerakli mehmonxonaga eltadigan avtobusgacha birga ketdik. Onaxon Toshkentdan ekan, xuddi biz katta ish qilgandek borguncha duo qildi.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Mehmonxonaga kelsam, oyim og‘izlaridan bol tomib, toshkentlik er-xotin ziyoratchilarni maqtab ketdi. U kishi hamrohlarini yo‘qotib, kimdan najot topishni bilmay tursa, bu juftlik holatni sezib, bekatgacha o‘zlari bilan olib kelib, avtobusga chiqarib yuboribdi. Voqealar deyarli bir paytda sodir bo‘lgan. Bu ko‘mak kimgadir mayda narsadek tuyulishi mumkin, lekin musofir yurtda va xususan til bilmaydigan keksalar uchun nihoyatda ahamiyatli.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Eng qadrli sovg‘a

    Zamzam bulog‘i Harami sharifning aynan qay bir hududida ekanligi borasida ko‘p bahslar bor. Payg‘ambar tug‘ilib-o‘sgan uy yaqinidagi manzilda joylashgani haqiqatga yaqinroq ko‘rinadi. Bu yerdagi buloq marmar bilan qoplanib, atrofi panjara bilan to‘silgani, ziyoratchilar oqimini tartibga solish uchun esa nazoratchilar qo‘yilgani ham bunga dalil bo‘lsa kerak.

    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    Ziyoratni yakunlab, vataniga yo‘l olayotgan hojilarga aeroportda 5 litrli idishda Zamzam suvi beriladi. Suv yukingiz hisobiga qo‘shilmaydi, rasmiylashtirilganidan so‘ng boshqa yuqlardan alohida topshiriladi va yurtga qaytgandan so‘ng qabul qilib olinadi. Ular o‘zlari bilan olib keladigan sovg‘alar ichida eng qadrlisi ham shu bo‘lsa ajab emas..

    Foto: Azizbek Abduvaliyev
    21.04.2023, 17:00   Izoh (0)   20509
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Makkadagi Nur tog‘iga sayohat. “Daryo” muxbiri islomdagi ilk vahiy nozil bo‘lgan Hiro g‘oridan reportaj tayyorladi (video)

    26.02.2023, 22:29

    Bosh terisi ham yuviladigan salonlar, nomiga qarab tanlanadigan kvartiralar, savdolashish mumkin bo‘lgan supermarketlar — Janubiy Koreya haqida 10 ta qiziqarli fak...

    13.04.2023, 21:20

    Kunchiqar mamlakatning chet elliklarni hayratda qoldiradigan, ammo yaponlar uchun odatiy hol bo‘lgan yashash tarzini aks ettiruvchi suratlar

    10.04.2023, 20:56

    Italiya faqat pitssa yoki Kolizey degani emas: Mamlakatni umuman boshqa tomondan ko‘rsatadigan suratlar

    14.03.2023, 17:19

    Dunyodagi mitti davlatlardagi g‘aroyib odatlar va aqlbovar qilmaydigan qonunlar

    03.03.2023, 10:25

    Italyan oshxonasi: Nima uchun italiyaliklar har kuni pitssa va makaron yeyishsa ham semirmaydi? 

    02.03.2023, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda 280 Gbit/s tezlikdagi 6G internet sinovdan o‘tkazildi

    Dunyo | 23 iyul, 19:50

    Qibrayda katta yong‘in: qurilish mollari do‘koni kulga aylandi (reportaj)

    O‘zbekiston | 23 iyul, 19:30

    Germaniya va Fransiya AQSHga qarshi “qat’iy choralar” tayyorlamoqda — FT

    Dunyo | 23 iyul, 19:19

    Suriya prezidentiga so‘nggi yetti oyda uch marta suiqasd uyushtirilgan — OAV

    Dunyo | 23 iyul, 18:55

    Vitaliy Denisov: “Fayzullayevning transferi ‘SSKA’ga ham, futbolchining o‘ziga ham foydali”

    Sport | 23 iyul, 18:54

    Meva-sabzavot yetishtirishda imtiyozli moliyalashtirishni joriy etish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:00

    Toshkentdagi svetoforlar holatini xaritada onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.